Qashqadaryoda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

14:51 13 Fevral 2026 Jamiyat
263 0

Qashqadaryo viloyatida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, Koson, Koʻkdala, Nishon, Chiroqchi tumani boʻlimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.Yo. fuqaro D.A.dan 4 120 AQSH dollarini 49,2 mln soʻmga, fuqaro A.E. fuqaro A.R.dan 3 700 AQSH dollarini 44,7 mln soʻmga, fuqaro B.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.P.dan 3 800 AQSH dollarini 46,4 mln soʻmga, fuqaro O.D. (muqaddam sudlangan) fuqaro F.E.dan 3 700 AQSH dollarini 44,9 mln soʻmga, fuqaro S.A. fuqaro A.B.dan 3 600 AQSH dollarini 43,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan 15 000 qozoq tengesi, 10 700 Rossiya rubli va 8 045 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Kasbi tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham fosh qilingan.

Unga koʻra, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.B. fuqaro U.S.ga 3 500 AQSH dollarini 42,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер