Oilaviy tadbirkorlar soni boʻyicha qaysi viloyat yetakchi ekani aytildi

15:33 13 Fevral 2026 Iqtisodiyot
406 0

2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 5 575 ta oilaviy tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oilaviy tadbirkorlar soni hududlar kesimida taqsimlanganda, eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan. Poytaxtda 1 579 ta oilaviy korxona roʻyxatga olingan. Undan keyingi oʻrinlarda 1 115 ta koʻrsatkich bilan Toshkent viloyati ikkinchi, 582 ta oilaviy korxonalar soni bilan Xorazm viloyati uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 551 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 517 ta, Buxoro viloyatida 336 ta, Qashqadaryo viloyatida 271 ta, Andijon viloyatida 140 ta, Fargʻona viloyatida 138 ta, Surxondaryo viloyatida 120 ta, Jizzax viloyatida 74 ta, Namangan viloyatida 50 ta, Navoiy viloyatida 44 ta hamda Sirdaryo viloyatida 40 ta oilaviy tadbirkorlar roʻyxatga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер