Strategik korxonalar “Yagona gʻaznachilik” axborot tizimi bilan qamrab olinadi

15:22 13 Fevral 2026 Siyosat
461 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari oʻtgan yilda Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil qilinib, dunyodagi nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasi boshqaruviga berilgani haqida gapirdi.

Ushbu kompaniya bir yil davomida strategik korxonalar faoliyatini tahlil qildi. Ekspertlar “korxona rahbarlarida korporativ madaniyat yetishmaydi, xarajatni qisqartirish, foydani oshirish boʻyicha zaxira koʻp”, demoqda.

Buning uchun 19 ta strategik korxona rahbari xarid tizimi, logistika, raqamlashtirish, energiya samaradorlik boʻyicha qattiq ishlab, tannarxni 10-20 foizga qisqartirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

“Iqtisod qilish rejasi ishlab chiqarishni kamaytirish yoki qaysidir xarajatni keyinroqqa surish hisobidan emas, balki bir birlik mahsulot tannarxini qisqartirish orqali taʼminlanishi shart”, dedi Prezidentimiz.

Strategik korxonalarni “Yagona gʻaznachilik” axborot tizimi bilan qamrab olish, barcha xaridlarni risk-tahlil asosida “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratib, samarasiz xarajatlarga butunlay chek qoʻyish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер