Andijonda yanvar oyida gaz oʻgʻirlash bilan bogʻliq 480 ta holat qayd etildi
Andijon viloyatida yanvar oyida aholi isteʼmolchilari orasida 480 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning yanvar oyida mahalla gazchilari tomonidan 480 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, isteʼmolchilarga nisbatan 2 mln 588 ming 800 metr³ va 4 mlrd 981 mln 430 ming soʻmlik gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
“Mazkur isteʼmolchilar orasida gaz hisoblagichni yechgan, tarmoqqa noqonuniy ulanish, hisoblagichdan tashqari ulanish va unga tashqi taʼsir oʻtkazish kabi holatlar qayd etilgan va isteʼmolchilarga nisbatan dalolatnomalar rasmiylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring