Oʻzbekistonda mis qazib olish hajmi va rudadan olinadigan metall ulushi koʻpaytiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda tarmoq rahbarlari oʻzimizdagi xomashyodan tayyor mahsulot yaratish haqida doim bosh qotirishi kerakligi qayd etildi.
Masalan, oltinni qayta ishlash uchun yaratilgan sharoitlar tufayli zargarlik sanoatida oʻtgan yilning oʻzida 3,3 karra oʻsish boʻlib, 13 trillion soʻmlik mahsulot chiqarildi. Bu yil ham 1,3 barobar oʻsish reja qilingan.
Elektrotexnika tarmogʻida ham yiliga 160 ming tonna misni chuqur qayta ishlash quvvatlari bor. Lekin oʻtgan yili korxonalarga 92 ming tonna mis berilgan. Qazib olish hajmini, rudadan olinadigan mis ulushini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Buning uchun 57 ta maxsus texnika olib kelib, ruda qazib olishni 46 milliondan 64 million tonnaga oshirish, mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqarish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring