“Toshkent toʻy oshi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri va viloyatiga xos boʻlgan “Toshkent toʻy oshi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tarixiy va etnografik manbalar Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllanganini koʻrsatadi. Toʻy oshi — bu shunchaki taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari mujassam boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, asosan tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli choʻyan qozonlarda pishiriladi.
Mazkur maqom “Toshkent toʻy oshi” nomi va anʼanaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.
Maʼlumot uchun, geografik koʻrsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning oʻziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senator tomonidan mahallalarda tomorqachilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish ishlari oʻrganildi
- Yosh parlament aʼzolari forumida barqaror taraqqiyot va global hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi
- Senator talaba qizlar bilan davlat xizmatida ayollar ishtirokini kengaytirish masalasini muhokama qildi
- Sudyalar oliy kengashi tarkibini saylash masalasi koʻrib chiqildi
- Senat qoʻmitasida kiberxavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi yangi choralar koʻrib chiqilmoqda
- Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring