Senator talaba qizlar bilan davlat xizmatida ayollar ishtirokini kengaytirish masalasini muhokama qildi
Oliy Majlis Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida xotin-qizlarning davlat boshqaruvi va fuqarolik xizmatidagi oʻrnini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Tadbir davomida senator tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, jumladan, “Rahbar ayollar maktabi” faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Mazkur loyiha kelgusida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritish istagida boʻlgan yosh va salohiyatli xotin-qizlar uchun muhim kasbiy maydon ekani alohida taʼkidlandi.
Ochiq muloqot davomida talaba qizlar oʻzlarini qiziqtirgan gender tenglik, kasbiy rivojlanish, oila va ish faoliyatini uygʻunlashtirish kabi masalalar yuzasidan savollariga batafsil javoblar oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring