Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori (175-son, 16.04.2026-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, taʼlim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi:
— koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;
— muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari;
— umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari;
— traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari;
— rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqalar.
Shuningdek, kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor oʻrinbosarlari 5-yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitilishi belgilandi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, boshqa yoʻnalishga oʻtkazish va oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish tartibi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring