“Tinchlik kengashi” Gʻazoni qayta tiklash boʻyicha takliflarni kelishib oldi
Gʻazo sektoridagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha vositachilar anklavni qayta tiklashga qaratilgan asosiy kelishuvni maʼqulladilar. Bu haqda “Tinchlik kengashi” yuqori martabali vakili Nikolay Mladenov maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.
“Barcha vositachilar qayta tiklash ishlarini boshlashi, aholi punktlariga yangi hayot bagʻishlashi va Falastin masalasini muzokaralar yoʻli bilan hal etishga yaqinlashtirishi kerak boʻlgan asosiy kelishuvni kelishib oldilar”, — deb taʼkidladi u.
Mladenovning soʻzlariga koʻra, hujjat allaqachon tayyor. Uni hayotga tatbiq etish bosqichiga oʻtish uchun Falastinning HAMAS harakati va Gʻazodagi boshqa guruhlarning toʻliq qurolsizlanishiga erishish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring