Navoiy viloyatida ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni kamaytirish ishlari oʻrganildi
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Navoiy viloyatida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.
Ishchi guruh “Navoiy azot” hamda “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxonalarda ekologik barqarorlikni taʼminlash, atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar hajmini kamaytirish va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Jumladan, “Navoiy azot” AJ tomonidan 3 ta avtomatik monitoring stansiyasi hamda Navoiy shahri va korxonaga tutash Karmana tumani hududlarida 28 ta statsionar kuzatuv punkti oʻrnatilgan. Korxona atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish ishlari ham amalga oshirilgan. Bundan tashqari, ushbu korxonaga qarashli oqova suvlarni tozalash inshootining faoliyati oʻrganildi.
Karmana tumanida joylashgan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda ham atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni nazorat qilish maqsadida 2 ta avtomatik stansiya oʻrnatilgan. Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida M-37 avtomagistrali yoqasida 50 gektar maydonda manzarali daraxtlar ekilib, “yashil hudud” barpo etilgan.
Har ikki korxonada yuqori xavf darajasiga ega ifloslantiruvchi manbalardan avtomatik namuna olish tizimini joriy etish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan qator amaliy tavsiyalar berildi. Jumladan, yirik sanoat korxonalari atrofida “yashil belbogʻ”larni kengaytirish, atmosfera havosi sifatini doimiy monitoring qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, xavfli gidrometeorologik holatlar va havoning yuqori darajada ifloslanishi yuzasidan aholini erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish zarurligi alohida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring