Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
Yaxshi bilasiz, joriy yilning 28-martdan 16-aprel sanasiga qadar Kipr mamlakatda shaxmat boʻyicha anʼanaviy Nomzodlar turniri boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov gʻolib boʻldi.
Ushbu gʻoliblik Javohirga moliyaviy jihatdan ham katta foyda olib keldi. Bu haqda “UzChess” portali xabar berdi.
“Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 700 ming yevroni tashkil etardi. Gʻolib shaxmatchi 70 ming yevro mukofot olishi kerak edi. Shuningdek, musobaqa davomida yigʻilgan har bir yarim ochkoga 5 ming yevrodan mukofot puli belgilangandi.
Javohir musobaqada 10 ochko jamgʻardi va bu unga yana 100 ming yevro keltirdi”, — deyiladi manba xabarida.
Shu tariqa oʻzbekistonlik shaxmatchi musobaqadan umumiy hisobda 170 ming yevro ishlab topdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring