Maʼdanli toshlardan oltin ajratib olish bilan shugʻullanganlar ushlandi

14:30 17 Aprel 2026 Jamiyat
6 0

Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda maʼdanli toshlardan oltin ajratib olish bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqarolar D.A., M.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Paxtachi tumani hududida tarkibida oltin boʻlishi mumkin boʻlgan 5 tonna maʼdanli toshlarni tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda qazib olib, qoʻlbola usulda yasalgan uskunalar yordamida oltin ajratib olish faoliyati bilan shugʻullanib kelganliklari fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?