All

Bosh prokuratura MIB xodimiga qarshilik koʻrsatilgani yuzasidan maʼlumot berdi

2019-yil 23-sentyabr kuni 17:00 larda MIB Pastdargʻom tuman boʻlimi davlat inspektorlari B.U. va R.S. lar tumanning Jagʻalboyli mahallasi, 54-uydagi gazdan mavjud qarzdorlikni xonadon egasiga maʼlum qilgan vaqtda isteʼmolchi U.T. ularning shaʼni va qadr qimmatini kamsituvchi soʻzlar bilan haqorat qilgan.

12:10 24 Oktyabr 2019
Yangi tanlov: "Oltin kabutar” mukofoti oʻz egalarini kutmoqda

Maʼlumki, dunyoda koʻplab nufuzli telekanallarning ijodkorlarni taqdirlaydigan oʻz tanlovlari mavjud. “Mening yurtim” (My5) va “Yoshlar” telekanallari yurtimizda ham ana shunday mukofotni yoʻlga qoʻyishga qaror qilishdi. “Oltin kabutar” deb nomlangan ushbu tanlovda televideniye, sanʼat va madaniyat hamda kino sohasi vakillari taqdirlanadi.

12:06 24 Oktyabr 2019
Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida bola oʻgʻirlashga urinish roʻy bergan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola oʻgʻirlashga urinish holati haqidagi maʼlumotlar tarqatildi.

12:04 24 Oktyabr 2019
Qonunlar ustuvorligiga barchamiz masʼulmiz

Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi “Yoshlar markazi”da shu yilning 11-12-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida koʻrilgan dolzarb masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

11:44 24 Oktyabr 2019
Urib tursin, “Mehribon yurak” !

Navoiy viloyatida sakkiz nafar bolaning yuragida murakkab jarrohlik operatsiyalari belgilangan muddatidan ilgariroq oʻtkaziladi.

11:37 24 Oktyabr 2019
Zulfiqor Musoqov: “...jahonga chiqishning bor-yoʻgʻi bittagina yoʻli bor: “odam koʻradigan” kino olsak boʻldi”

– Qancha muhokama qilmaylik, jahonga chiqishning bor-yoʻgʻi bittagina yoʻli bor: “odam koʻradigan” kino olsak boʻldi. Masalan, yaxshi kitobni oʻqiganingizdan keyin uni bir oy oʻtib yana qoʻlingizga olganingiz kabi yaxshi kinoni ham qayta tomosha qilishga ehtiyoj sezasiz.

11:13 24 Oktyabr 2019
Shofirkonda chavaqlangan qoʻylar: nega moddiy zarar qoplanmadi?

22-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkonda “Quturgan itlar qoʻylarimizni boʻgʻizlab ketmoqda” sarlavhasi ostida xabar berilgan edi. Kecha tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida olib borilgan oʻrganish yakunlari yuzasidan axborot taqdim etildi.

11:05 24 Oktyabr 2019
GulDu rektorining darsida 6 nafar maktab oʻquvchisi ijobiy baho oldi

Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muhsin Xodjiyev Sayxunobod tumanidagi 12-maktabning 6”A”-sinfida “Milliy gʻoya” mavzusida dars oʻtdi.Mashgʻulot ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Oʻquvchilarning ayni mavzu boʻyicha bilimlari sinovida 6 nafar oʻquvchi rektorning ijobiy bahosini oldi.

11:03 24 Oktyabr 2019
Hokim nega bizni xush koʻrmadi? Yoxud loqaydlik soyasidagi manmanlik

Olmaliq shahri Toshkent viloyatining muhim sanoat hududi hisoblanadi. Doimo barqaror ishlovchi Olmaliq kon-metllurgiya kombinati (OKMK) necha yillardan buyon nafaqat shahar yoki viloyat balki, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda. Ayni kunlarda kombinat ishchi xizmatchilari korxonaning 70 yilligini nishonlashga katta...

10:59 24 Oktyabr 2019
“Atletiko Madrid” klubi oʻyinchisi Kiko Toʻraqoʻrgʻonga nega keldi?

Toʻraqoʻrgʻonda sportga, ayniqsa, uning futbol turiga qiziqish katta. Tumandan Saydullo Tursunov, Zahriddin Akbarov, Ilhomjon Rasulov, Aʼzam Aliyev kabi koʻplab charm toʻp ustalari yetishib chiqqani ham shundan nishona. Sanab oʻtilgan futbolchilarning barchasi tuman markazidagi 9-umumtaʼlim maktabida tahsil koʻrishgan.

10:47 24 Oktyabr 2019
Avvalo “yuqori”dan kelayotgan hujjatlarni oʻzbek tilida yozilishini taʼminlash zarur!

OʻzMTDP Saylovoldi platformasida davlat tilini yanada boyitish va takomillashtirish, oʻzaro muomala sifatini yuksaltirish borasida chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishga bel bogʻlagan.Bundan tashqari, ommaviy muomalada oʻzbek adabiy tili meʼyor va qoidalarining buzilishini oldini oladigan aniq maqsadli ishlarni olib borishga alohida eʼtibor qaratilgan.

10:41 24 Oktyabr 2019
Namanganga 9 oy ichida 300dan ortiq xorijiy investor va tadbirkor tashrif buyurdi, bu yetarlimi?

Namangan viloyati hokimligida Oliy Majlis Senati “Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari” qoʻmitasining sayyor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda viloyatga xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar boʻyicha respublika Tashqi ishlar vazirligining hisoboti eshitildi.

10:38 24 Oktyabr 2019
OʻzLiDeP “Birgalikda biz kuchmiz!” shiorini amalda namoyish etmoqchi

Bu tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -Oʻzbekiston liberal - demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi tashkil etgan yangi formatdagi targʻibot tadbirida ham koʻzga tashlandi.

10:19 24 Oktyabr 2019
Xorazmda 4 kishilik oila is gazidan zaharlanib halok boʻldi

22-oktyabr kuni Xorazmda 4 kishidan iborat butun boshli oila ehtiyotsizlik oqibatida vafot etdi.

09:39 24 Oktyabr 2019
Romitanning tabiiy dorixonasi

Yoki bobosidan meros anjir daraxti bir tupidan 500 kilogramm hosil olgan 85 yoshli otaxon va uning qishloqdoshlari haqida bir shingil soʻz.

09:33 24 Oktyabr 2019
“Avtocon”yordamida aniqlangan jarimalar toʻrt kun ichidaundirildi

Namangan shahri koʻchalarinitoʻldirgan “Damas” haydovchilarining koʻpchiligidayoʻlovchi tashish uchun maxsus ruhsatnoma yoʻqligini jamoatchilik yaxshi biladi, Bunisi holva. Mashina ruliga gerdayib oʻtirib olganyosh-yosh yigitlar koʻcha harakati qoidalariga nisbatan shunday bepisandki, koʻpkaridagi chavandozday harakatning boshqa ishtirokchilariga yoʻl bergisi kelmaydi.

09:30 24 Oktyabr 2019
“Uchinchi odam”

Navoiy viloyatida joriy yilning sakkiz oyida 1651 ta nizoli oila yarashtirilib, 2684 nafar bola tirik yetimlik qismatidan asrab qolindi.

09:27 24 Oktyabr 2019
“Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktablari“ loyihasi samara bermoqda

Respublika “Oila” markazi tashabbusi bilan respublikamiz hududlarida boʻlajak kelin-kuyovlar uchun innovatsion maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Ana shu yangicha maktablar haqida aholimizga keng maʼlumot berish, bunday oila maktablari ish samarasini targʻibot qilish maqsadida markaziy nashrlar, yetakchi elektron va teleradio kanallarning bir...

07:15 24 Oktyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер