All
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi boʻlib oʻtdi. Videokonferensaloqa tarzida oʻtgan ushbu majlisda sudyalar, parlament aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼul xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etdi.
22:08 25 Oktyabr 2019Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi qator maktablarda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini tarbiyalash borasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi.
21:25 25 Oktyabr 2019Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
21:16 25 Oktyabr 2019Kitob hamma davr va barcha xalqlarning eng ulkan kashfiyoti sifatida necha-necha avlodlarga maʼnaviyat va maʼrifat ziyosi tarqatib kelmoqda. Shu ziyo yogʻdusidan taraqqiyot odimi ildamlab, jaholat chekinadi. Shunday ekan, kitobxonlik taraqqiyot garovi boʻlish bilan birga jamiyat farovonligini koʻzgusi hamdir. Albatta, bu...
16:54 25 Oktyabr 2019Namangan viloyat hokimligida Jahon bankining “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashrif buyurgan delegatsiyasi qabul qilindi. Uchrashuvda viloyatda, ayniqsa qishloq hududlarida tadbirkorlikni va oilaviy biznesni rivojlantirish hamda bu borada Jahon banki yangi loyihasining roli haqida soʻz bordi.
16:46 25 Oktyabr 2019Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17-18-oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Denov tumanidagi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismda boʻlib, askarlarning maʼnaviyatini oshirish boʻyicha bir qator topshiriqlar bergan edi.
16:41 25 Oktyabr 2019Keng koʻlamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotgan Moʻynoq tumani tobora koʻrkamlashib bormoqda. Bunda foydalanishga topshirilayotgan obyektlar muhim omil boʻlmoqda. Kuni kecha ana shunday obyektlardan bir nechasi faoliyatini boshladi.
16:04 25 Oktyabr 2019Mamlakatimizda har qanday davlat tibbiyot muassasasi hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktyabrdagi 279-sonli “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi”gi qaroriga asosan balansda...
15:45 25 Oktyabr 2019Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–574-son, 23.10.2019-y.).
15:31 25 Oktyabr 2019Fargʻona viloyatida tashkil etilgan “Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusidagi davra suhbati oʻz ishini yakunlamoqda.
15:06 25 Oktyabr 2019Poytaxtimizda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan jurnalistlar malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
15:02 25 Oktyabr 2019Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Toshkentda Janubiy Koreya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, qoʻshimcha investitsiya shartnomasini imzoladi. Bu bilan viloyatda barpo etilayotgan Hyundai tijorat avtomobillari ishlab chiqarish zavodi qurilishi jadallashtiriladi.
14:57 25 Oktyabr 2019Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan anʼanaviy “INFOLIB – UZBEKISTAN-2019”VIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
14:54 25 Oktyabr 2019Buxoroda respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Maʼnaviyat festivali oʻtkazildi.
14:37 25 Oktyabr 2019Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Zarafshon shahar inspeksiyasi xodimlari tomonidan Zarafshon hududida ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida reyd nazorat tadbiri oʻtkazilganda Markaziy Qizilqum hududida saksovullardan oʻtin sifatida foydalanish maqsadida“yashil olam”ga zarar yetkazish qonun buzilishi holati aniqlandi.
14:35 25 Oktyabr 2019Namangan shahridagi“Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyatida “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari ijodkorlarining gazetxonlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
14:33 25 Oktyabr 2019Konimex tumanidagi Baloqaroq qishlogʻilik Aritur Kenjaboyev yaqinda oʻn yetti yoshga toʻldi. Qishlogʻidagi maktabni tugallagach, oliy bosqichda oʻqishni davom ettirmoqchi.
14:29 25 Oktyabr 2019Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Aylend hamda vakolatxona vakillari Navoiy viloyatida viloyat hokimi K.B. Tursunov tomonidan qabul qilindi.
14:25 25 Oktyabr 2019Xalqaro matbuot markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimida “Saylovlarda OAVning oʻrni va roli” mavzusida seminar tashkil etildi.
14:21 25 Oktyabr 20192019-yil 24-oktyabr kuni bir qator saytlarda jizzaxlik fuqaro Z.Abduxalilova 2019-yil iyul oyida Xalq bankining “Imkon” lahzali, pul yutuqli lotereyasidan 50 mln. soʻm yutib olgani, lekin haligacha yutuqni ololmayotgani haqida xabarlar chiqdi.
14:14 25 Oktyabr 2019