Huquqlar himoyasi uchun mutlaqo yangi platforma

15:02 25 Oktyabr 2019 Jamiyat
2171 0

Poytaxtimizda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan jurnalistlar malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni tomonlar huquqlarini himoya qilish uchun mutlaqo yangi platforma” mavzusini oʻz ichiga oldi.

Unda, shuningdek, ushbu Qonun bilan tanishish, ommaviy huquq sohasidagi nizomlarni yoritishda xalqaro tajribani oʻrganish hamda jurnalistika faoliyati kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Treningda qatnashgan Berlin maʼmuriy sudining sudyasi hamda matbuot kotibi, Germaniya eksperti Shtefan Groskurt “Berlin shahrining maʼmuriy sudida matbuot bilan ishlash”, “Maʼmuriy sudlarning davlat organlari faoliyati monitoringidagi roli” mavzularida chiqish qilib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Oʻzbekistonda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilishini ayni muddao boʻlgan. Hujjat xalqaro tajribalar asosida meʼyorida, puxta ishlab chiqilgan. Ushbu huquqiy hujjat ijrosi bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. Unda Germaniya qonunchiligidan olingan tamoyillar ham borligini ayta olaman. Bu huquq sohasida ham hamkorligimiz tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat.

Seminarda ommaviy huquq sohasidagi nizomlarni yoritishda jurnalistlar pozitsiyasi, shuningdek, etika, xolislik va shaffoflik masalalarida ham Germaniya tajribasi haqida soʻz yuritildi.

Sitora MAHMUDOVA,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер