All

Koreyaga ishga joʻnatuvchi xususiy bandlik agentligi litsenziyasi nega toʻxtatildi?

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJga berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya toʻxtatilganini maʼlum qiladi.

12:07 28 Oktyabr 2019
MCHJ rahbari “Agrobank” filiali boʻlim boshligʻi bilan qariyb 100 mln. kredit mablagʻlarini talon-taroj qilgani aniqlandi

“Toʻraqoʻrgʻon A.T.” MCHJ rahbari Gʻ.T. (1981-y.t.) ATB “Agrobank” Toʻraqoʻrgʻon tumani filiali boʻlim boshligʻi N.E. (1990-y.t.) bilan birgalikda ushbu bankdan 4 nafar fuqarolarning nomlariga jami 99,2 mln. soʻm kredit pul mablagʻlarini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

12:05 28 Oktyabr 2019
Kredit muammosi ijobiy hal etildi

Ishsiz fuqarolarimizni ish bilan taʼminlash va yoshlarimizni tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlariga keng yoʻl ochib berish masalasi bugunning muhim vazifasiga aylandi.

11:21 28 Oktyabr 2019
Bir kunda 338 ta muammo ijobiy yechim topdi

Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning navbatdagi sayyor qabuli ertalabki soat 8:00 dan tungi soat 24:00 gacha davom etdi. Unda jami 769 ta murojaat roʻyxatga olindi.

11:10 28 Oktyabr 2019
FVV is gazidan zaharlanish mumkinligi haqida ogohlantirdi

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilgʻi isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. Bu haqda FVV fuqarolar, tashkilot,...

10:43 28 Oktyabr 2019
Orenburgdagi temir yoʻl yaqinida hushsiz topilgan oʻzbekistonlik shifoxonada vafot etdi

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi Oʻzbekiston fuqarosi J.R. ning 2019-yil 16-oktyabr kuni Orenburg viloyatida temir yoʻl yaqinida hushsiz holatda topilgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Hamyurtimiz Sol-Iletsk shahri markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan edi.

10:37 28 Oktyabr 2019
Rossiyaning “STAR-T“ kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Non shahri“ teleseriali suratga olinadi

Yaqinda “Oʻzbekkino“ Milliy agentligida Rossiyaning “STAR-T“ kinokompaniyasi bilan “Non shahri“ teleserialini suratga olish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

10:36 28 Oktyabr 2019
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida

​​​​​​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

10:14 28 Oktyabr 2019
Singapur kompaniyasi rahbarini Namanganda parrandachilik sohasining qaysi jihatlari qiziqtirib qoldi?

Namangan viloyati parrandachilik sektoriga investitsiyalar kiritish istiqbollarini oʻrganish uchun tashrif buyurgan Singapurning Haebara Singapore Pte Ltd kompaniyasi ijrochi direktori Yarn Xa viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan qabul qilindi.

10:00 28 Oktyabr 2019
“Oʻzbekiston uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga aʼzo boʻlish iqtisodiy va siyosiy jihatdan qanchalik manfaatli?”

Oʻzbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlar atrofida turli-tuman gap-soʻzlar aytilmoqda. Bildirilayotgan fikr-mulohazalarni tahlil qiladigan boʻlsak, ular “Oʻzbekiston uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga aʼzo boʻlish iqtisodiy va siyosiy jihatdan qanchalik manfaatli?” degan savolga javob topishga qaratilganiga guvoh boʻlamiz.

09:59 28 Oktyabr 2019
Samarqand Davlat universitetining Yevropa universitetlari bilan hamkorligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash borasida Samarqand Davlat universitetida amaliy ishlar qilinmoqda. Zotan, konsepsiyada Samarqand Davlat universitetining dunyodagi nufuzli 500 talik oliy oʻquv dargohlari qatoridanjoy olishi belgilangan.

09:29 28 Oktyabr 2019
Buxonka non mahsulotini ishlab chiqarish, tashish va saqlash boʻyicha talablar qanday?

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, jumladan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga, isteʼmolchilarda qolipli non mahsulotining standarti, ushbu mahsulotni xarid qilishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Shunga muvofiq qoʻmita tomonidan “Oʻzstandart” Agentligi bilan birgalikda isteʼmolchilar uchun kichik...

09:27 28 Oktyabr 2019
Oʻzbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha “TOP-20” roʻyxatidan joy oldi

Oxirgi yilda Oʻzbekiston “TOP-20” mamlakatlari qatoridan joy olish uchun toʻrtta islohotni amalga oshirdi. Bu unga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida eng yaxshi oʻsishga erishish imkonini berdi, deyiladi Jahon banki guruhining “DoingBusiness 2020”(“Biznes yuritish -2020”) yillik maʼruzasida.

09:24 28 Oktyabr 2019
Chexiya Prezidentiga tabrik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanni milliy bayram -Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun bilan tabrikladi.

09:17 28 Oktyabr 2019
Jizzaxda uyi buzilgan odamlar chodirda kun koʻrmoqda mazmunidagi xabar qanchalik asosli?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda uyi buzilgan odamlar chodirda kun koʻrmoqda” sarlavhali bir enlik qisqagina xabar va unga qoʻshimcha ikkita surat joylashtirildi. Bu internet foydalanuvchilarining diqqatini tortdi.

12:55 26 Oktyabr 2019
Mamlakatimiz sharoitida innovatsion va sanoat usulda quyon parvarishlash usullari tatbiq etiladi

Poytaxtimizda “Oʻzbekiston sharoitida innovatsion va sanoat usullarida quyon yetishtirishning afzalliklariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy xalqaro seminar oʻtkazishdi.

12:13 26 Oktyabr 2019
Yangi avlod muhandislarini tayyorlash yoʻlida

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti rektori Maʼrufjon Rasulov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 21-25-oktyabr kunlari Avstriya davlatining Klagenfurt shahrida oʻtkazilgan “Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan Oʻzbekiston uchun yangi Magistratura dasturi” loyihasining navbatdagi seminarida ishtirok etdi.

10:50 26 Oktyabr 2019
“Invest In Tashkent Region” xalqaro forumi: tashrif, imkoniyat va xulosalar

Maʼlumki, 25-oktyabr kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Invest In Tashkent Region” xalqaro investitsion forumi oʻz ishini boshlagan edi. Unda, mamlakatimizga 50dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 350 nafardan ziyod siyosatchilar, elchixonalar va xalqaro tashkilotlar, nufuzli kompaniyalar vakillari, taniqli sarmoyadorlar, shuningdek, mahalliy...

10:35 26 Oktyabr 2019
Oʻzbekiston – Turkiy tilli davlatlar kengashi uchun yangi nafas

Maʼlumki, joriy yilning 15-oktyabr kuni Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar kengashining(TTDK) yettinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Qozogʻiston Respublikasining Birinchi...

10:10 26 Oktyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер