Yangi avlod muhandislarini tayyorlash yoʻlida

10:50 26 Oktyabr 2019 Jamiyat
1164 0

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti rektori Maʼrufjon Rasulov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 21-25-oktyabr kunlari Avstriya davlatining Klagenfurt shahrida oʻtkazilgan “Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan Oʻzbekiston uchun yangi Magistratura dasturi” loyihasining navbatdagi seminarida ishtirok etdi.

Seminarda Gdansk Texnologiyalar universiteti professori, loyiha menejeri Maciyej Saviskiy, Alpen–Adria Klagenfurt universiteti olimlari Kyamakya Kyandoghere va Voysich Kustralar, Slovakiyaning Zilina universitetidan Miroslava Mikusova, Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vakillari jamlandi. Bu haqda ToshTYMI xalqaro aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Seminar ishida Ulugʻbek Isroilov loyihaning Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida bajarilishi yuzasidan taqdimot hisobotini berdi. Seminar davomida institut dotsenti Matlyuba Xodjimuhamedova loyiha tarkibiga kiritilgan “Tashish tizimlari. Oqimni rejalashtirish va boshqarish asoslari” fani boʻyicha yaratilgan videodarslar bilan tanishtirdi.

Loyiha doirasida ToshTYMI delegatsiyasi aʼzolari Klagenfurt universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokidagi ilmiy seminarlarda moderatorlik vazifasini bajardi. Temir yoʻllarning oʻtkazish qobiliyatini oshirish usullari (moderator – Maʼrufjon Rasulov), Yuk vagonlari detallari buzilishining texnik muammolarini asoslash va ularni bartaraf etish usullari (moderator – Yodgor Ruzmetov), Yarimevklid fazolarning geometriyasi (moderator – Abdullaaziz Ortiqboyev), Intermodal tashishlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar (mederator – Matlyuba Xodjimuhamedova) va Elektr transporti asinxron tortuv dvigateli holatini spektral tahlil qilish uchun tok datchigi (moderator – Ulugʻbek Israilov) mavzusidagi maʼruzalar katta qiziqish bilan tinglandi va davomli munozaralarga asos boʻldi.

Seminar natijalari sertifikat bilan rasmiylashtirildi.

Tashrif davomida Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti va Klagenfurt universiteti oʻrtasida Oʻzaro anglashuv haqidagi memorandum imzolandi.

Maʼlumot uchun:

Loyihaning asosiy maqsadi: Intellektual transport tizimi (ITT) yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratishdan iborat boʻlib, bu yangi avlod muhandislari Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi organlari, sanoat va xususiy isteʼmolning mahalliy va mintaqaviy transport muammolarini yechishga qodir boʻlishadi.

Loyihaning asosiy vazifalari:

Intellektual transport tizimi (ITT) boʻyicha yangi magistratura dasturini ishlab chiqish.

Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarining ITT boʻyicha potensialini oshirish.

Oʻzbekistonning 6 ta oliy oʻquv yurti AKT bazasida ITT laboratoriyalarini yaratish. 

oliy oʻquv yurtlar va jamoat tashkilotlari /muassasalari/ korxonalari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar:

Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari uchun ITT sohasida yangi magistratura dasturini yaratish;

Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta kursdan iborat fanlar oʻquv majmuasini ishlab chiqish;

ITT sohasida tajribalar oʻtkazish uchun zarur zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 6 ta oʻquv-tajriba laboratoriyasini ochish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер