All

9 oyda biznes-loyihalarga milliardlab imtiyozli kreditlar ajratilgan. Lekin yetarli ish oʻrni yaratilmagan?

2019-yil 29-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya majlisi boʻlib oʻtdi.

16:49 29 Oktyabr 2019
Majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan masʼullar javobgarlikka tortildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurash va mehnat huquqlarini muhofaza qilish ishlari davom ettirilyapti.

16:45 29 Oktyabr 2019
“Qoʻzichoq“ Belarusdan mukofot bilan qaytdi

“Animayovka” har yili oʻtkaziladigan Xalqaro animatsion filmlar festivalida “Multiplikatsion filmlar studiyasi“ DUK direktori, taniqli animator-rejissyor Dmitriy Vlasovning “Qoʻzichoq, nay va qaroqchi boʻrilar“ animatsion filmi ishtirok etdi va “Milliy ertakning mohirona namoyishi uchun“ mukofotiga sazovor boʻldi, deb yozadi “Oʻzbekkino”.

16:42 29 Oktyabr 2019
Neft-gaz tarmogʻidagi korxonalar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan edi.

16:41 29 Oktyabr 2019
Ona tilimiz rivoji yoʻlida mahallalar tashabbusni qoʻlga olishi kerak

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi hamda “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni har birimizga gʻurur-iftixor bagʻishlashi bilan birga, ulkan masʼuliyat ham yuklaydi.

16:13 29 Oktyabr 2019
Mavjud boʻlmagan bino uchun Davlat byudjetidan 836 million soʻm tovon puli toʻlandi

Samarqand shahar hokimligi tomonidan 836 176 000,00 (sakkiz yuz oʻttiz olti million bir yuz yetmish olti ming) soʻm tovon puli (kompensatsiya) mavjud boʻlmagan bino uchun va beasos toʻlanganligi aniqlandi. Ushbu holat boʻyicha rasmiy maʼlumotlarga asoslangan surishtiruv quyida eʼlon qilinadi.

15:55 29 Oktyabr 2019
Baliqchi tumanida smart-sinflarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Kecha Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabida smart-sinflarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

15:33 29 Oktyabr 2019
Avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish topshirigʻi bajarilmagan

2019-yil 29-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

15:32 29 Oktyabr 2019
Buyuk ajdodimiz haqidagi film xalqaro festivalda qatnashadi

Noyabr oyining 1-7 kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida oʻtkaziladigan “Yorqin farishta” festivalida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy” filmi ijodkorlari ham ishtirok etadi.

15:28 29 Oktyabr 2019
Oʻzbekning “Issiq non“i dunyoni qizdirmoqda

Rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi taqdirlanishda davom etmoqda. Yurtimizning “Oltin humo” kinofestivalida 2 ta, Rossiyaning “Kinoshok” kinofestivalida 3 ta mukofotni qoʻlga kiritgan “Issiq non” yana xalqaro kinomuxlislar va mutaxassislarni oʻziga qaratdi.

15:28 29 Oktyabr 2019
Termizda Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ilm-fan, madaniyat va sanʼat namoyandalari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

15:25 29 Oktyabr 2019
Avtomobilining davlat raqamiga oʻzgartirish kiritgan haydovchiga nisbatan chora koʻrildi

28-oktyabr kuni saot 22.09 da “IIBB: Aholi bilan muloqot (Toshkent)” Facebook-guruhiga poytaxt haydovchilaridan biri avtomobilining davlat raqamini qisman boʻyab qoʻyganligi haqida xabar kelib tushdi. Ushbu oʻzgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib boʻlmaydigan holga kelgan.

15:13 29 Oktyabr 2019
Zoyir Mirzayev: “Insonlarni is gazidan zaharlanishini oldini olish oʻz qoʻlimizda!”

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev Qarshi shahridagi koʻp qavatli uylarni sovuq kunlarda isitish tizimi qanday yoʻlga quyilganligi holatini oʻrgandi. Viloyat hokimi isitish tizimini joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar ishga tushirish va bu orqali uylarni qoʻlbola va turli xil yoʻllar bilan...

15:12 29 Oktyabr 2019
Yil boshidan buyon shoshilinch va “tez yordam” xizmati boʻyicha 9 milliondan koʻproq murojaatlar qondirildi

Mamlakatimizda aholiga zamonaviy tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha shakllangan oʻziga xos tuzilmalardan biri shoshilinch va “Tez yordam” tizimidir.

15:11 29 Oktyabr 2019
Guliston shahar davlat xizmatlarida 1-noyabrdan boshlab ekspress xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi

Endi Guliston shahar davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yanada kengroq qulayliklar yaratish maqsadida joylarga chiqqan holda ekspress-xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda. Ushbu yangi xizmat turi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevralda eʼlon qilingan “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi...

15:09 29 Oktyabr 2019
Samarqandda toʻqqiz oyda 18 ta jinoyat ishi boʻyicha 30 kishi oqlangan

Taʼkidlanishicha, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 2665 (2018-yilning mos davrida 4067) nafar shaxsga nisbatan 2080 (3243) ta jinoyat ishlari koʻrib chiqilgan.

14:59 29 Oktyabr 2019
Toshkentda AQSH gospitali bilan bolalar saratoni boʻyicha seminar tashkil etildi. Bundan koʻzlangan maqsad nima?

Poytaxtimizdagi Wyndham mehmonxonasida bolalar saratonini samarali davolash masalalariga bagʻishlangan uch kunlik seminar oʻz ishini boshladi. Dolzarb mavzuga bagʻishlangan mazkur tadbir AQSHdagi nufuzli St. Jude Childrenʼs Research Hospital ilmiy-tadqiqot tibbiyot muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

14:47 29 Oktyabr 2019
Surxondaryo va Qashqadaryoda bir kunda uchta YTH sodir boʻldi

Joriy yil 28-oktyabr kuni soat taxminan 19:55da Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Gurin MFY hududida “Kamaz” va “Matiz” avtomobillari toʻqnashishi natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan.

14:23 29 Oktyabr 2019
Ommaviy axborot vositalarining 200 dan ziyod xodimi akkreditatsiyadan oʻtkazildi

​​​​​​​Mamlakatimizda joriy yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarda ochiqlikni taʼminlash uchun nafaqat ommaviy axborot vositalari imkoniyatlari, balki internet tarmoqlaridan ham keng foydalaniladi.

14:16 29 Oktyabr 2019
Oʻzbekiston terma jamoasining navbatdagi oʻyiniga chiptalar sotuvga chiqarildi

Ushbu uchrashuv 9-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi va soat 17:00 da boshlanadi.

14:15 29 Oktyabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер