Oʻzbekning “Issiq non“i dunyoni qizdirmoqda

15:28 29 Oktyabr 2019 Jamiyat
1201 0

Rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi taqdirlanishda davom etmoqda. Yurtimizning “Oltin humo” kinofestivalida 2 ta, Rossiyaning “Kinoshok” kinofestivalida 3 ta mukofotni qoʻlga kiritgan “Issiq non” yana xalqaro kinomuxlislar va mutaxassislarni oʻziga qaratdi. Bu gal navbat bosh rol ijrochisi oʻn besh yoshli yosh aktrisa Zarina Ergashevaga keldi.

Yosh va umidli aktrisa Ukrainada boʻlib oʻtgan “Dityatko” XII Xalqaro bolalar media-festivalida “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qoʻlga kiritdi, deb xabar berdi “Oʻzbekkino”.

“Bu xabarni eshitib sevinib ketdim. Birinchi rolim menga juda omadli kelganini aytmaysizmi? – deydi Zarina Ergasheva, - bu “Issiq non”ning issiq va tafti kuchi! Albatta, men hali uzoq yillar oʻz ustimda ishlashim kerak… Koʻp oʻqish va oʻrganishim kerak. Muhimi doim nutqim va mahoratim ustida ishlashni maqsad qilganman. Koʻp tillarni oʻrganishni va dunyo kartinalarida rol oʻynash eng katta orzum!”

Zarina Ergashevaga mukofot va diplom 28-oktyabr kuni Xalqaro animatsiya kuniga bagʻishlangan tantanali kechada topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер