“Qoʻzichoq“ Belarusdan mukofot bilan qaytdi
“Animayovka” har yili oʻtkaziladigan Xalqaro animatsion filmlar festivalida “Multiplikatsion filmlar studiyasi“ DUK direktori, taniqli animator-rejissyor Dmitriy Vlasovning “Qoʻzichoq, nay va qaroqchi boʻrilar“ animatsion filmi ishtirok etdi va “Milliy ertakning mohirona namoyishi uchun“ mukofotiga sazovor boʻldi, deb yozadi “Oʻzbekkino”.
“Animayovka“ xalqaro animatsion filmlar festivali dunyo va mahalliy animatsiyaning eng yaxshi asarlarini ommalashtirish, animatsion filmlarni qoʻllab-quvvatlash, Belorus va festivalda ishtirok etuvchi davlatlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida oʻtkazilmoqda.
“Animayovka“ Xalqaro animatsion filmlar festivali Mogilyovning eng muhim voqealaridan biridir. Bu festival haqda butun dunyoda bilishadi“, - deydi “Belorusfilm” kinostudiyasining rejissyori va animatori Igor Volchek.
“Festival namoyish etilayotgan animatsion filmlar nafaqat bolalar uchun moʻljallangan filmlar ekanligi, balki, uning chuqur sanʼat ekanligini koʻrsatib beradi“, deydi Volchek.
Forum Belarus madaniyat vazirligi, Mogilyov viloyati ijroiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring