Samarqand Davlat universitetining Yevropa universitetlari bilan hamkorligi

09:29 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
1503 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash borasida Samarqand Davlat universitetida amaliy ishlar qilinmoqda. Zotan, konsepsiyada Samarqand Davlat universitetining dunyodagi nufuzli 500 talik oliy oʻquv dargohlari qatoridanjoy olishi belgilangan.

Ayni paytga qadar universitetning Qoʻshma hamkorlik dasturi asosida dunyoning 70 dan oshiq mamlakatlari oliy oʻquv dargohlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatgani albatta eʼtiroflidir. Bir necha kundan buyon Samarqand Davlat universiteti tarix fakultetining dekani, dotsent Dilfuza Joʻraqulova Niderlandiyaning Leyden universitetida boʻlib, talabalar, professor – oʻqituvchilar bilan qator muloqotlar tashkil etib, oʻzaro tajriba almashmoqda. Eʼtiboringizga uning telefon orqali bildirgan fikr-mulohazalarini havola qilamiz.

– Yurtimizdan ancha uzoqdagi Yevropadan hamyurtlarimga samimiy salomimni yoʻllayotganimidan baxtiyorman, - deya suhbatini boshladi, tarix fanlari doktori, dotsent Dilfuza Joʻraqulova. – Samarqand Davlat universiteti va meni iliq kutib olgan Leyden universitetiga tashrifim sababi, avvalo, har ikkala Dorulfununning oʻzaro yaqin aloqada boʻlganligidandir. Oʻtgan yili Leyden universitetining ikki nafar (Aleksandra Nieweg, Mete Monter) talabasi bizning fakultetda oʻzaro kelishilgan almashinuv Dasturi asosida olti oy mobaynida tahsil olib, bir olam taassurot bilanqaytgani hammening bu maskanga kelishimga imkon yaratdi. Niderlandiyaning Leyden universiteti menda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Bu yerga kelib, magistr va doktorantlarga maʼruza oʻqish jarayonida shuni angladimki, Markaziy Osiyo, xususan, xorijlik ilm ahli va talaba yoshlarning Oʻzbekistonga, uning tarixi va madaniyatiga boʻlgan eʼtibori, qiziqishi benihoya cheksiz. Jahonning bir qancha mamlakatlaridan kelib, bu yerda tahsil olayotgan magistr va doktorantlarga oʻzbek tilida maʼruza oʻqidim. Xorijlik tinglovchilarimga Oʻzbekistonning xususan, qadimiy va hamisha navqiron Samarqandningmoziy bilan bogʻliq maʼlumotlari benihoya qiziqtirmoqda. Koʻhna diyorimizning uzoq va yaqin oʻtmishdagi madaniy merosi, uning moddiy va nomoddiy yodgorliklari, ularga boʻlgan eʼtibor, eng muhimi, bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekistonning boy qadimiy madaniy merosini saqlash va ommalashtirish masalalari borasida amalga oshirayotgan siyosati toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlarni berdim.

Mamlakatimizda xalqimizning tarixini asrashga boʻlgan eʼtiborningkichikroq boʻlsa ham bir boʻlagi hisoblangan Samarqand Davlat universiteti tarix fakultetidagi Arxeologiya muzeyi va butun bir jamoamizning madaniy merosimizni saqlash va uni oʻrganish bilan bogʻliq faoliyati bilan xorijdagi hamkasblarimni boxabar qildim, tanishtirdim.

Qiziqarli savol-javoblar soʻngida ularning bir qismi Oʻzbekistonga, albatta Samarqandga kelish istagini bildirib, oʻzbek tilida minnatdorchilik bildirishdi. Yevropaliklarning bunday takallufidan,Oʻzbekistonga boʻlgan eʼtiboridan, Yurtboshimiz olib borayotgan siyosat, ilm-fanga qaratayotgangan gʻamxoʻrligidan xorijliklar ham benihoya mamnun bulishayotganligigaguvoh boʻldim…

Yevropa safaridan taassurotlarim bir olam. Ular bilan yana oʻrtoqlashishdan umidvorman…

Abdulaziz Yoʻldoshev
(“Xalq soʻzi”) tayyorladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер