Kredit muammosi ijobiy hal etildi

11:21 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
1189 0

Illyustrativ foto

Ishsiz fuqarolarimizni ish bilan taʼminlash va yoshlarimizni tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlariga keng yoʻl ochib berish masalasi bugunning muhim vazifasiga aylandi. Shunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida Uychi tuman “Yuksalish” xamda “Yorqoʻrgʻon” MFY da yashovchi yurtdoshlarimiz X.Ergasheva, G.Olimova, B.Jalilovlar tijorat banki tomonidan berilayotgan 8 foizli imtiyozli kredit olish uchun 2019-yil avgust oyida hujjat topshirishgan. Lekin shu kungacha bank xodimlari tomonidan turli xil bahonalar roʻkach qilinib, fuqarolarga kredit ajratilmagan. Bundan sarson boʻlgan fuqarolar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga yozma murojaat etib, ulardan amaliy yordam soʻrashdi.

Ushbu murojaat Federatsiya mutaxassislari tomonidan oʻrganilib chiqildi. Oʻrganish natijasida fuqarolar X.Ergasheva, G.Olimova, B.Jalilovlarga tijorat bankidan 20 million soʻmlik kreditlar oʻz vaqtida ajratib berilishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер