Dard ariyman desa, tabib oʻz oyogʻi bilan keladi, deyishadi. Aslida...

14:29 25 Oktyabr 2019 Jamiyat
1294 0

Konimex tumanidagi Baloqaroq qishlogʻilik Aritur Kenjaboyev yaqinda oʻn yetti yoshga toʻldi. Qishlogʻidagi maktabni tugallagach, oliy bosqichda oʻqishni davom ettirmoqchi.

Bir soʻz bilan aytsak, barcha yoshlar kabi uning ham orzulari bir olam. Aslida hayot atalmish neʼmatning tom bezagi ham shu - ertangi kuningni nurafshon niyatlar ardogʻida sogʻinib yashash.

Bugun Ariturga qanot boʻlayotgan tuygʻular shugina emas. Ikki yil burun esa u toʻshakka mixlangan, bolalikdan ilakishgan dard chekinay demasdi. Yolgʻizqoʻl onaning yaqin atrofda bormagan tabibi qolmadi. Shunday kunlarning birida qishloqqa “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasining tashabbusi bilan markazdan shifokorlar kelishdi. Onasining aytishicha, murakkab jarrohlik operatsiyasi oʻtkazilib, Aritur faol hayotga qaytarildi. Tengqurlari qatori toʻp tepib, uydagi yumushlarga qarashadi.

Bugun yuzlab Ariturlarning shifo topib, dard koʻrmaganday boʻlib ketayotganligi omad yoki tasodif emas, balki mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida kechgan islohotlar hamda davlatimiz rahbari tomonidan eng chekka hududlarga tibbiy xizmatning izchillik bilan tadbiq etilishi natijasidir.

“Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbirning manzili bu safar Konimex tumani markazidan 250 km uzoqlikda joylashgan chegara hududlari Uchtepa va Boymurod OFYlari boʻldi. Uning doirasida ijtimoiy maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish boʻyicha bir qator madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Shuningdek, OFY larida yashovchi aholi (yosh bolalar, xotin - qizlar) tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib,nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi tomonidan muruvvat yordamlari koʻrsatildi. Bepul dori darmonlar tarqatildi.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер