Xorazmda 4 kishilik oila is gazidan zaharlanib halok boʻldi
22-oktyabr kuni Xorazmda 4 kishidan iborat butun boshli oila ehtiyotsizlik oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, shu kuni soat 22:00da Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlogʻida yashovchi fuqaro K.Gʻ. (1974-y.t., yakka tartibdagi tadbirkor), turmush oʻrtogʻi va 2 nafar farzandlari qoʻlbola isitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring