All
Keyingi yillarda internet sahifalari, turli portal va va ijtimoiy tarmoqlarda milodiy yangi yil kunini bayramona kutib olish, ushbu munosabat bilan bir-birini tabriklab, ezgu tilaklar bildirish kabi odatlar islom dini taʼlimotiga zid va kufr degan iddaolarni tarqatish avj olib bormoqda. Shularni...
15:07 16 Dekabr 2019Taqdir ekan, Shofirkonning Doʻstlik qishlogʻida istiqomat qiluvchi Muhabbat Ostonova ogʻir xastalik tufayli salomatligini yoʻqotdi.24 yildirki, toʻshakda.Ammo ruhan choʻkmadi.Oʻz – oʻziga “Farzandlarim, yaqinlarim uchun yashashim kerak”, dedi.Yaxshi damlar umidi bilan kunlarni oylarga, oylarni yillarga uladi.Sabrga va... jigargoʻshalariga suyandi.Yaratganga shukr, dedi.
15:00 16 Dekabr 2019Kuni kecha AQSHning Atlanta shahri(Jorjiya shtati)da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarida muddatidan oldin ovoz berildi. Bu haqda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabar berdi.
14:55 16 Dekabr 201924 yildan buyon toʻshakka yotib qolgan shofirkonlik ayol va uning turmush oʻrtogʻi taqdiri ajralish yoqasida turgan 12 yosh oilani bu fikrdan qaytardi
14:51 16 Dekabr 2019Uzcard yangi mahsulot - bolalar va oʻsmirlar uchun Uzcard kids plastik kartalarini isteʼmolga chiqarmoqda. Ushbu mahsulot naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, ota-onalarga esa oʻz farzandi xarajatlarini onlayn rejimda kuzatib borishlari uchun imkoniyat yaratadi.
14:28 16 Dekabr 2019“Ozodlik” tarqatgan “Fargʻona hokimi blogerning “janozasini oʻqish” ni buyurdi” sarlavhali maqolasi yuzasidan quyidagilarni bildiramiz.
14:20 16 Dekabr 2019Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan temir yoʻl konteynerlarida kelgan yuklarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish davomida bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati salkam...
14:11 16 Dekabr 2019Joriy yil yakuni boʻyicha hisob-kitoblarga koʻra, Sirdaryo viloyati byudjeti daromadlari 1 trillion 372 milliard soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 70 foizga oʻsishi kutilmoqda.
13:59 16 Dekabr 2019Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi fuqaroni internetda obroʻsizlantirish bilan qoʻrqitgan soxta bloger 500 AQSH dollarini pora tariqasida olayotganda qoʻlga olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati maʼlumotiga asoslanib nnews.uz xabar berdi.
13:55 16 Dekabr 2019Aksiyada siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar.
13:53 16 Dekabr 2019Unda qayd etilishichcha, “Adolat” SDP yillar davomida xalqimiz ishonchini qozongan, yuksak bilim va malakaga ega nomzodlarni barcha darajadagi deputatlik oʻrinlari uchun ilgari surmoqda. Ammo baʼzi bir texnik sabablarga koʻra, saylovchilarni chalgʻituvchi xatolar ham oʻtib ketmoqda.
13:50 16 Dekabr 2019Qozogʻistonnning Oqtoʻbe(Aktyubinsk) viloyati hududidan oʻtgan Samara-Chimkent avtomobil yoʻlida xorijliklarni olib ketayotgan avtobus buzilib qolgan. Bu haqda viloyat politsiya departamenti xabar berdi.
12:36 16 Dekabr 2019Joriy yilning 13-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, unda sohadagi muammolarni bartaraf etish bilan birgalikda, joylarda targʻibot va tashviqot ishlarini muntazam tashkil etish vazifalari topshirilgandi. Shundan kelib chiqib, haftaning har jumasi “Chorvachilik kuni”...
12:19 16 Dekabr 2019“Oʻzbekneftgaz”ning Toshkentdagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarida import qilingan AI-92 markali benzin paydo boʻldi. Bu haqda Autostrada.uz xabar berdi..
12:11 16 Dekabr 2019“Ўзбекистон оммавий ахборот воситаларининг жамоатчилик манфаатларига хизмат қилиш имкониятларини ошириш” номли мазкур лойиҳа Буюк Британия давлати томонидан молиялаштирилган.
12:08 16 Dekabr 2019Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijiy davlatdan mamlakatimizdagi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan velosiped ehtiyot qismlarini “Margʻilon” TIF postida belgilangan tartibda koʻzdan kechirishdi.
12:00 16 Dekabr 2019Andijon davlat universitetida AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda “Education USA” maslahat markazi vakillari hamkorligida talabalar bilan AQSHda tahsil olish boʻyicha taʼlim dasturlari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
11:56 16 Dekabr 2019Bugungi kunda Oʻzbekistonda 3,6 milliondan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar hisobga olingan. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ishtirokchilari boʻlgan davlatlarning fuqarolarini pensiya taʼminoti sohasidagi huquqiy kafolatlari toʻgʻrisidagi bitimning 3-moddasida belgilanishicha, ushbu bitim boʻyicha pensiya taʼminotini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, taʼminotni...
11:44 16 Dekabr 2019Markaziy bank xabariga koʻra, 17-dekabrdan Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 9532,40 soʻmni tashkil etadi. Bu oʻtgan haftadagi qiymatdan 5,15 soʻm arzondir.
11:39 16 Dekabr 2019Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Kumushkon hududida turistik qishloq yaratish boʻyicha loyiha doirasidagi ilk mehmonxona ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston 24 telekanalida xabar qilindi.
11:31 16 Dekabr 2019