All

Gurlan tumani Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Xorazm viloyati Gurlan tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

15:51 17 Dekabr 2019
Turk kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi binosi negizida 5 yulduzli mehmonxona yaratish taklifini berdi 

Kecha Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari mehmonxona biznesi bilan shugʻullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi Boshqaruvi kengashi raisi Joʻshqun Elik (Coşkun Elik) bilan uchrashishdi.

15:49 17 Dekabr 2019
Surxondaryoda 2 million soʻm pora olgan maktab direktori qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda tumandagi 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori O.X. qoʻlga olingan.

15:45 17 Dekabr 2019
Urgutda jamoat transporti qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Urgut tumani Samarqand viloyatining aholisi eng koʻp boʻlgan tumanlaridan biri boʻlib hisoblanadi.

15:43 17 Dekabr 2019
Oʻzbekistonda milliy antiplagiat portali joriy etiladi

Yaqinda Toshkent moliya institutida Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusiga koʻra Polshaning “Plagiat. Pl” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik, oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdilar.

15:42 17 Dekabr 2019
2020-yil uchun Buxoro viloyati mahalliy byudjeti xarajatlari 2 trillion 142 milliard soʻm miqdorida belgilandi

Sessiya ishini boshqarib borgan viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev muhokamaga qoʻyilgan masala xususida toʻxtalar ekan, yigʻilish ishtirokchilarining eʼtiborini “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qaratdi. Maʼlumki, bu qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan...

15:40 17 Dekabr 2019
Tovlamachi talabalar jinoyat ustida qoʻlga olindi

Hech kimga sir emas, hayotda qingʻir ish kishiga faqat tashvish keltiradi. Bunga hayotiy misollar koʻz oʻngimizda har qancha namoyon boʻlmasin, baʼzi yurtdoshlarimiz boshi devorga tegmaguncha koʻzi ochilmaydi.

15:24 17 Dekabr 2019
Senat Raisi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisining taklifiga binoan joriy yil 17-19-dekabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining toʻqqizinchi yalpi majlisida ishtirok etadi.

15:05 17 Dekabr 2019
Toshkent hayvonot bogʻi boshqaruvi Wildlife Care nomli xususiy kompaniyaga berilyapti

Bu Vazirlar Mahkamasining shu yil 13-dekabrdagi “Toshkent hayvonot bogʻini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyildi.

14:12 17 Dekabr 2019
Markaziy Osiyodagi diqqatga sazovor joylar 10 taligi

Dunyoda Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixiy qadamjolarga boyligi bilan mashxur, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ummonorti davlatlaridan, Yevropa mamlakatlaridan turistlar, olim va tadqiqotchilar Buyuk Ipak yoʻli oʻtkan hududlarga doimiy ravishda katta qiziqish bildirishi sir emas. Keling, bu borada kalpak-travel.com sayti tuzgan eng mashhur...

13:46 17 Dekabr 2019
The Scorpion from the Altar. Yoxud “Mehrobdan chayon” romani ingliz tiliga qanday oʻgirildi? Tarjimon bilan suhbat

Oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning 125-yilligiga bagʻishlab yurtimizda turli badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Adibning millatparvarlik, vatanparvarlik ruhi bilan yozilgan betakror asarlari xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda.

13:43 17 Dekabr 2019
Prezident maktabi oʻquvchilari xalqaro olimpiadalarda qanday natijalarga erishmoqdalar?

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari dastlabki muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritmoqda.

13:34 17 Dekabr 2019
Izlanish, oʻrganish, yaratish

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tahliliy chiqishi Bosh Qonunimizdan koʻzlangan maqsad va amaliy ahamiyatining uch yil burun boshlangan tarixiy bosqichi — sifat jihatidan yangilanish davrimiz bilan bogʻliqlikda taqdim etilganini ilgʻamaslik mumkinmas.

13:25 17 Dekabr 2019
Navoiy shahri hokimi: Ular endi salkam bir oy dam olishadi, yoki...

Rostdan ham bu yarmarka mablagʻini bir oy peshtaxtada turishini istamagan muqim savdo nuqtalarining tadbirkorlarini bozor oʻz qonuniga boʻysundirmoqda.

12:51 17 Dekabr 2019
Oʻzbekistonlik 14 nafar oʻquvchi ChemiCo Xalqaro olimpiadasida sovrindor boʻldi

Kuni kecha Singapurda kimyo fanidan oʻtkazilgan ChemiCo Xalqaro olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 5 ta kumush, 7 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.

12:10 17 Dekabr 2019
MAGATE Oʻzbekiston uchun toʻrtta loyihani tasdiqladi

Oʻzbekistonda atom energiyasidan foydalanishning milliy siyosatini va strategik yoʻnalishlarini tayyorlash hamda amalga oshirishga masʼul boʻlgan “Oʻzatom” agentligi Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) Boshqaruv Kengashi tomonidan toʻrtta loyiha tasdiqlaganini eʼlon qiladi.

12:06 17 Dekabr 2019
Tokio va Nagoya koʻchalaridagi LED-ekranlarda Oʻzbekistonning turistik salohiyati namoyish etilmoqda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Yaponiyaning Nagoya hamda Tokio shaharlarining sayyohlar va mahalliy aholi eng gavjum koʻchalarining markazlarida joylashgan LED ekranlarda Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan videoroliklar namoyishi tashkillashtirildi. Ushbu videorolikda mamlakatimiz turistik shaharlarining jozibadorligiga alohida urgʻu berilgan. 

12:00 17 Dekabr 2019
Yaponiya va Janubiy Koreyada Buxoro haqidagi birinchi “Guidebook” chop etildi  

Yaponiyadagi Globe Trotter Guidebook va Janubiy Koreyadagi Cartographiya nashriyotlari vakillarining Oʻzbekiston, jumladan, Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi natijasida joriy yilning noyabr oyi soʻnggida Bukhara Travel Guide Book kitobining yapon tilidagi ilk nashri ming nusxada chop etildi. Bu haqda Buxoro viloyati...

11:52 17 Dekabr 2019
MSK raisi: “Har bir fuqaroga taklifnoma yetib borishi kerak”

MSKning navbatdagi yigʻilishida M. Abdusalomov ishtirok etib, turli ijtimoiy tarmoqlarda saylovchilarga ushbu siyosiy jarayonlarga chorlovchi taklifnomalar toʻliq yetkazib berilmayotganini aytib oʻtdi.

11:42 17 Dekabr 2019
Toshkentda yangi yoʻnalishli taksi xizmati yoʻlga qoʻyildi

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Mirzo Ulugʻbek qoʻrgʻonidan Buyuk ipak yoʻli metrosiga harakatlanuvchi yangi 45M-sonli “Mirzo Ulugʻbek qoʻrgʻoni - Buyuk ipak yoʻli metrosi“ yoʻnalishli taksi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

11:40 17 Dekabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер