MAGATE Oʻzbekiston uchun toʻrtta loyihani tasdiqladi
Oʻzbekistonda atom energiyasidan foydalanishning milliy siyosatini va strategik yoʻnalishlarini tayyorlash hamda amalga oshirishga masʼul boʻlgan “Oʻzatom” agentligi Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) Boshqaruv Kengashi tomonidan toʻrtta loyiha tasdiqlaganini eʼlon qiladi.
Kelishuv Oʻzbekiston va MAGATE oʻrtasidagi Texnik hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilgan boʻlib, ular texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro/radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan.
Oʻzbekistonda loyiha ijrochilari quyidagilar hisoblanadi:
- “Oʻzatom”;
- Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
- Yadro fizikasi instituti;
- Oʻzbekiston milliy universiteti;
- Samarqand davlat universiteti;
- Toshkent shahar onkologiya dispanseri.
Dastur Oʻzbekistondagi yadroviy obyektlarni ekspluatatsiya qilishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni kuchaytirish, tibbiyotda va iqtisodiyotning boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, yadro energetikasi toʻgʻrisidagi bilimlarni tarqatishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston 2019-yil davomida Atom energiyasi dasturini amalga oshirish boʻyicha MAGATE bilan yaqindan ish olib bordi va erishilgan kelishuvlar Oʻzbekistonning yadro energetikasini muvofiqlashtirish boʻyicha xalqaro organ bilan aloqalarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga imkon berdi.
“Oʻzatom” meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish borasida MAGATE bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga umid qilmoqda. “Oʻzatom” boshqaruv organi qanchalik kuchli boʻlsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli boʻladi deb hisoblaydi.
Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari va “Oʻzatom” agentligi Bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov bu haqda shunday dedi:
“Biz oʻz yadro energetika dasturimizni amalga oshirish yoʻlida MAGATE bilan yonma-yon bormoqdamiz. Eng yuqori darajadagi xavfsizlikni taʼminlash bilan birga Oʻzbekistondagi yadro energetikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi bilimlarni takomillashtirish bizning ustuvor vazifalarimizdir.
Biz erishilgan kelishuvlar uchun MAGATEdan juda minnatdormiz va bizni qoʻllab-quvvatlagani hamda hamkorlik qilayotgani uchun minnatdormiz. Biz keyingi tavsiyalar va ruxsatlarni olishga umid qilamiz”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring