All

Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16-dekabrdagi qarori bilan Bobur Sagdullayevich Abdullayev Toshkent shahridagi Amiti universitetining boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

11:36 17 Dekabr 2019
Toshkentda alimentdan qariyb 27 mln soʻm qarzi bor fuqaro Range Roverʼi xatlanishidan oldin qarzidan qutuldi

Majburiy ijro byurosi tomonidan tomonidan uch yildan beri aliment boʻyicha qarzini toʻlamay yurgan fuqarodan qariyb 27 million soʻm undirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga maʼlum qildi.

11:35 17 Dekabr 2019
Dunyoning eng boy odamlaridan biri 2019-yilning asosiy kitoblarini maʼlum qildi

Yangi yil bayrami arafasida sayyoramizning eng boy insoni, Microsoft asoschisi Bill Geyts odatdagidek oʻz nuqtai-nazari boʻyicha oʻtayotgan yildagi eng yaxshi kitoblar nomini eʼlon qildi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

11:24 17 Dekabr 2019
Jahongir Ortiqxoʻjayev Nagoya shahri meri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Toshkent shahrining hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Nagoya shahrida shahar meri Takashi Kavamura bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

11:10 17 Dekabr 2019
Navoiyda loyiha qiymati 12 mlrd soʻmlik yer usti piyodalar yoʻli qurilmoqda

Jami uzunligi 325, balandligi 5,5 metr inshootda piyodalar harakatlanishi uchun 3 metrlik hamda nogironlar harakatlanish vositalari uchun 1,5 metrlik alohida yoʻlak yaratilmoqda.

11:10 17 Dekabr 2019
Navoiyliklarning hozircha 37000-marta qulogʻi tinch

Mazkur holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

11:03 17 Dekabr 2019
“Tahsin“ mukofoti egalari aniqlandi. Ularning orasida koʻplab yurtdoshlarimiz qatori Eldor Shomurodov ham bor

16-dekabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan yangi “Tahsin“ mukofotining taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

11:02 17 Dekabr 2019
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunning qisqacha mohiyati nimada?

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. “Huquqiy axborot” kanali uning mazmun-mohiyatiga qisqacha izoh berdi.

10:52 17 Dekabr 2019
Xorazm milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi

“Xorazm milliy tabiat bogʻi tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (1000-son, 14.12.2019-y.) qabul qilindi.

10:50 17 Dekabr 2019
“Xalq prokurturasi” maqomiga ega boʻlish uchun nima qilinmoqda?

Ushbu savolga quyidagi infografika orqali javob olish mumkin.

10:49 17 Dekabr 2019
Aksiz markasi boʻlmagan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari noqonuniy tartibda aksiz markasi boʻlmagan tamaki mahsulotlarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchilarni aniqlash maqsadida Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori” savdo majmualarida tezkor tadbir oʻtkazdi.

10:46 17 Dekabr 2019
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

10:09 17 Dekabr 2019
Olimpiada chempioni Fazliddin Gʻoibnazarov professional boksda yana gʻalaba qozondi

Bu natija orqali Gʻoibnazarov professional boksdagi gʻalabalari sonini 8taga yetkazib oldi.

09:54 17 Dekabr 2019
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

09:16 17 Dekabr 2019
Umar Xayyom haqidagi ikkinchi kitob nashrga tayyorlanmoqda

Yozuvchi Nabi Jaloliddin Umar Xayyom haqidagi “Oraliq“ romanining davomini yozib tugatgani haqida xabar berilgan edi. Endi ikkala kitob ham nashrga tayyorlanmoqda, deb xabar berildi yozuvchining Telegramdagi kanalida.

19:55 16 Dekabr 2019
Gazoʻtkazgichni taʼmirlash uchun ancha oldin qazilgan chohga “Neksiya“ tushib ketdi. Bunga kim aybdor?

14-dekabr kuni taxminan soat 19:10 da Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi Oltintepa koʻchasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

19:33 16 Dekabr 2019
“Lokomotiv“ “Glazgo Reynjers“ga, Marat Bikmayev esa Stiven Jerrardga qarshi toʻp suradi

Mamlakat milliy chempionati Superligasida faxrli ikkinchi oʻrinni egallagan poytaxtning “Lokomotiv” jamoasi kelasi mavsumga birinchilardan boʻlib tayyorgarlikni boshlamoqda. Sababi, “temiryoʻlchilar“ 21-yanvardan Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokiga kirishadilar. Shu kuni “Lokomotiv” stadioni Tojikiston chempioni “Istiqlol“ klubini qabul qiladi.

19:19 16 Dekabr 2019
UzAuto Motors avtomobillari Saudiya Arabistoniga eksport qilinishi mumkin

Bugun “Oʻzavtosanoat“ AJda Saudiya Arabistoni Qirolligi kompaniyasi vakillari bilan amaliy uchrashuv oʻtkazildi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi.

19:14 16 Dekabr 2019
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari AQSHda oʻtkazilgan “Eng yaxshi jangchi” tanlovining gʻolibi boʻlishdi

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSH harbiy xizmatchilari (Missisipi, AQSH) oʻrtasida har yili anʼanaviy ravishda oʻtkaziladigan “Eng yaxshi jangchi” harbiy tanlovida ishtirok etib, oʻz toifalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

18:56 16 Dekabr 2019
Tokioda Oʻzbekistonda yashagan yapon olimi Kyudzo Katoga bagʻishlangan koʻrgazma ochildi

Joriy yilning 16-17-dekabr kunlari Yaponiyada “Oʻzbekiston va Yaponiya – Buyuk Ipak yoʻlida“ xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

18:46 16 Dekabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер