Xorazm milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi

10:50 17 Dekabr 2019 Jamiyat
1830 0

“Xorazm milliy tabiat bogʻi tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (1000-son, 14.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlarida umumiy maydoni 21687,5 gektar boʻlgan Xorazm milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi.

Tabiat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Shuningdek qaror bilan, Xorazm milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni hamda tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер