“Fargʻona hokimi blogerning “janozasini oʻqish” ni buyurdi”mi? - viloyat hokimligi axborot xizmati shu boʻyicha bayonot berdi

14:20 16 Dekabr 2019 Jamiyat
1458 0

“Ozodlik” tarqatgan “Fargʻona hokimi blogerning “janozasini oʻqish” ni buyurdi” sarlavhali maqolasi yuzasidan quyidagilarni bildiramiz.

“Ozodlik” Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyevga nisbatan navbatdagi tuhmatini eʼlon qilgan. 2-dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi oʻxshatilgan soʻzlar biron bir selektor yigʻilishida Sh.Gʻaniyev tomonidan aytilmagan. Sh.Gʻaniyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq oʻtkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda hech qachon tanbeh bermagan.

Audio yozuv oʻxshatma ovozning qoʻpol montajidan boshqa narsa emas.

Hurmatli internet foydalanuvchilari, hamkasb jurnalistlar, blogerlar! “Ozodlik”ning oʻyiniga uchmang, uning tuhmatlariga ishonmang. Agar “Ozodlik”da bunday haqiqiy ovoz boʻlganida edi, u oʻzi iddao qilishicha 2-dekabrdan buyon uni ushlab turmas edi.

“Ozodlik”ning kuni endi pranker (ovoz oʻxshatuvchi)larga qolgan koʻrinadi“ deyiladi Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati bayonotida

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер