All

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

2020-yil 7-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 520 nafarni tashkil qilmoqda.

00:32 08 Aprel 2020
Trampni vakili tark etmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Stefani Grisham iste'foga chiqib, birinchi xonim Melaniya Trampning ofisiga ishga o'tadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotida aytilgan.

00:16 08 Aprel 2020
Yana bir sobiq prezident 8 yilga qamaldi

Ekvadorning sobiq prezidenti Rafael Korrea 8 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

23:42 07 Aprel 2020
Xalqaro ekspertlar: Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan yangi Markaziy Osiyoni koʻrmoqdamiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qoʻshni Qirgʻizistonga oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlardan shakllantirilgan insonparvarlik yordami yetkazildi.

23:34 07 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Bugungi asosiy yangiliklar

— Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, shu paytgacha dunyoda COVID-19ni yuqtirib olganlar soni 1,38 mln. nafarga, sogʻayib ketganlar 292 ming nafarga yetgan boʻlsa, hayotdan koʻz yumganlar 78 mingdan oshib ketdi;

22:49 07 Aprel 2020
Karantin paytida Fargʻonada ov qurollarini sotayotgan shaxs ushlandi

Joriy yil 3-aprel kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʻona viloyati Fargʻona tumani Oʻrtashoʻra mahallasida yashovchi Yu.K. “TOZ-34R”rusumli, 12-kalibrli, 2 stvolli ov qurollarini 2 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

22:14 07 Aprel 2020
Oʻzbekiston Prezidenti Abu Dabi valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi

Bugun, 7-aprel kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

21:32 07 Aprel 2020
Odil Ahmedov Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Eslatib oʻtamiz, hozirda Odil Ahmedov Shanxayda istiqomat qiladi.

21:21 07 Aprel 2020
Deputatlar jarimalar oshirilishiga qarshi ovoz berdi

Parlament Qonunchilik palatasining shu yil 7-aprelda boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisi odatdagidan ham koʻproq munozaraga boy boʻldi. Bu, ayniqsa, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi yuzasidan kechgan muhokamalarda yaqqol namoyon boʻldi.

21:11 07 Aprel 2020
Fransiya Sogʻliqni saqlash vaziri epidemiologik vaziyat yomonlashayotganini maʼlum qildi

“Fransiya koronavirus epidemiyasining eng yuqori choʻqqisini zabt etmadi. Mamlakatdagi ahvol yomonlashishda davom etmoqda“. Bu gaplar Fransiya sogʻliqni saqlash vaziri Olive Veranga tegishli.

20:50 07 Aprel 2020
Tibbiyot kollejlari texnikum etib qayta tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

20:39 07 Aprel 2020
250 ming soʻm naqd pul, 10 kg guruch, 10 kg kartoshka, 60 dona tuxum... Toshkent viloyatida tarqatilayotgan xayriya qutisidan yana qanday mahsulotlar oʻrin olgan

Toshkent viloyati viloyatida ham Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi huzurida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi ish boshlagach, pandemiya vaqtida kam taʼminlangan, iqtisodiy jihatdan nochor oilalar hamda vaqtinchalik ishsiz boʻlgan fuqarolarning uylariga xayriya sifatida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi.

20:39 07 Aprel 2020
Shavkat Mirziyoyev kadrlar tayyorlashga doir qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

20:22 07 Aprel 2020
Plastik kartalaridagi mablagʻlar haqida soliq idoralariga xabar berish tizimi joriy etiladi

Oʻzbekistonda banklarning mijozlariga tegishli hisobraqamlar haqida Davlat soliq qoʻmitasini xabardor qilish tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga elektron uzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaror...

19:53 07 Aprel 2020
Taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Har qanday mamlakatda taraqqiyotga erishish uchun taʼlim sifati, kadrlar salohiyati va kuchli tartib-intizom hal qiluvchi rol oʻynaydi. Taʼlim-tarbiyaga qanchalik jiddiy eʼtibor qaratilsa, taʼlim beruvchida ham, taʼlim oluvchida ham masʼuliyat shuncha ortadi.

19:26 07 Aprel 2020
Asalarichilik va ekoturizmni rivojlantirish — muhim vazifa

Parlament quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqiladi.

19:26 07 Aprel 2020
Barcha protsessual jarayonlar videoda muhrlanadi

“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda moddama-modda muhokama qilindi.

19:24 07 Aprel 2020
Buyuk Britaniya rasmiylar Boris Jonsonning ahvoli boʻyicha maʼlumot berdi

Dushanba kuni koronavirus tufayli reanimatsiyaga yotqizilgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli oʻzgarishsiz qolmoqda.

19:23 07 Aprel 2020
Yer uchastkasi noqonuniy olib qoʻyilmaydi

Soʻnggi paytlarda joylarda hokimlik va idoralar tomonidan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish borasida qator qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgani sir emas. Bunday xatti-harakatlar oqibatida, fuqarolarning yerga boʻlgan huquqlari poymol etilib, shu yerlarda joylashgan koʻchmas mulklarining daxlsizligiga putur...

19:16 07 Aprel 2020
Parlament palatalarini murosaga keltiruvchi kyelishuv komissiyasi tuzildi

Majlisda “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi masalaga yana qaytildi.

19:14 07 Aprel 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер