Tibbiyot kollejlari texnikum etib qayta tashkil etiladi

20:39 07 Aprel 2020 Hujjatlar
5540 0

arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlaydi:

  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining moddiy-texnik bazasini yana-da kuchaytirish, amaliyot xonalarini belgilangan normativlarga asosan jihozlash, oʻquv-simulyatsion auditoriyalarni tashkil etish;
  • valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, diyetologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini joriy etish hamda mazkur texnikumlarning oʻquv rejalari va fan dasturlarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish;
  • tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida masofaviy taʼlim orqali dars mashgʻulotlarini oʻtkazish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер