Trampni vakili tark etmoqda
arxiv foto
AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Stefani Grisham iste'foga chiqib, birinchi xonim Melaniya Trampning ofisiga ishga o'tadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotida aytilgan.
"Men Stefani jamoaga yangi rolda tashrif buyurganidan mamnunman. Stefani ma'muriyatdagi ilk ish kunidan boshlab o'zini haqiqiy yetakchi ekanligini isbotladi, u apparatning ajoyib rahbari bo'ladi", dedi Melaniya Tramp.
Kadrlar o'zgarishining sabablari haqida ma'lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Grisham 2019 yil iyun oyidan beri Trampning matbuot kotibi bo’lib ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring