Yana bir sobiq prezident 8 yilga qamaldi

23:42 07 Aprel 2020 Dunyo
1261 0

arxiv foto

Ekvadorning sobiq prezidenti Rafael Korrea 8 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Prokuratura aybloviga koʻra, 2007-2017-yillarda mamlakatni boshqargan mulozim davlat shartnomalarini tadbirkorlarga berish evaziga oʻz saylov kompaniyasini moliyalashtirish uchun ulardan 7,5 mln dollar olgan. Sud bu ayblovlarni asosli deb topdi.

Hozirda Belgiyada istiqomat qiluvchi sobiq davlat rahbari barcha ayblovlarni qatʼiyan rad etib, ularni siyosiy xarakterga ega deb hisoblaydi. Hukmdan bir soat oldin u Twitterʻda hukmning ayblov xulosasiga shubha qilmasligini yozgan.

Qamoq muddatini belgilashdan tashqari, sud Korreaga 25 yil davomida hukumat lavozimini egallashni taqiqladi. Bu ishda yigirmaga yaqin ayblanuvchilar, shu jumladan Ekvadorning sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glass ham ishtirok etgan. U ham sudlangan. Siyosatchilarga qarshi chiqarilgan hukm ustidan yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер