Odil Ahmedov Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

21:21 07 Aprel 2020 Jamiyat
825 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori, “Shanghai International Port Group” (SIPG) klubi oʻyinchisi Odil Ahmedov mamlakat tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlumot berilishicha, yaqin orada Oʻzbekistonning Pekindagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi yordamida Oʻzbekistonga tibbiy kombinezonlar, himoya koʻzoynaklari va shlemlar yetib keladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda Odil Ahmedov Shanxayda istiqomat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер