Dunyoda koronavirus. Bugungi asosiy yangiliklar

22:49 07 Aprel 2020 Dunyo
2221 0

— Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, shu paytgacha dunyoda COVID-19ni yuqtirib olganlar soni 1,38 mln. nafarga, sogʻayib ketganlar 292 ming nafarga yetgan boʻlsa, hayotdan koʻz yumganlar 78 mingdan oshib ketdi;

— JSST koronavirus pandemiyasi tugashi muddatini prognoz qilishga hali vaqtli ekanligini maʼlum qildi;

— Xalqaro mehnat tashkiloti xabariga koʻra, pandemiya tufayli cheklovlar 2,7 mlrd. ishchi-xodimlarga taʼsir etgan.

Yevropada:

— Italiyada oʻlim holatlari darajasi yuqoriligicha qolayotgan boʻlsa-da, yuqtirish soni qisqarmoqda;

— Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning holati barqaror. U sunʼiy nafas berish apparatiga ulanmaydi, siyosatchiga kislorod niqobining oʻzi kifoya ekanligi aytilyapti.

— Yevropa ittifoqi dunyoda koronavirusga qarshi kurashish uchun 15 mlrd. yevro mablagʻ yigʻadi.

AQSHda:

— Tramp JSSTning pandemiya sharoitidagi faoliyatini tanqid qildi;

— Nyu-York gubernatori shtatda kamida 5489 kishi koronavirusdan vafot etganini maʼlum qildi.

Boshqa hududlarda:

— Isroil sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakat fuqarolari 12-apreldan boshlab uyidan tashqarida niqob taqib yurishga majbur ekanliklarini maʼlum qildi, oʻz navbatida karantin choralarini kuchaytirish boʻyicha qaror qabul qilindi;

— Xitoyda yanvardan buyon birinchi marta sutka davomida koronavirusidan hech kim vafot etmadi, hukumat Uxan shahriga kirish yoʻllarini ochdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер