All

Xorijda boʻlib turgan necha nafar oʻzbekistonlik koronavirusga chalingan?

Shuningdek, Avazbek Hojimetov chet elda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan oʻsha davlatdagi karantin talablariga rioya qilishni soʻradi.

17:57 18 Aprel 2020
Chiroqchilik 83 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi

Poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 6 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

17:53 18 Aprel 2020
Nafsi oʻpqon qassob

Bogʻotlik B. Karim (ismi-sharifi oʻzgartirilgan)ning kasbi qassob. U oʻz hunaridan foydalanib, 2018-yilning avgust oyida shu tumanda yashovchi Q. Rahimovning 2 bosh qoramolini 15.000.000 soʻmga kelishib, pulini oʻn kunda berishini aytadi. Karimning soʻzlariga ishongan Quronboy oʻylab oʻtirmay qoramollarini unga berib yuboradi,...

17:50 18 Aprel 2020
Oliy taʼlim vazirligi mutasaddisi aniq boʻlmagan maʼlumot tarqatgani aytilmoqda yoki Toshkent davlat stomatologiya instituti ilgariroq yopilgan

Avvalroq, Stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani sabab u karantinga yopilgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev aytib oʻtgandi.

17:46 18 Aprel 2020
Gulbahor Saidgʻaniyeva: Aybdor faqat deputat emasligi aniq, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan tomon ham qilmishiga yarasha javob berishi shart

Ijtimoiy tarmoqlar orqali hali u deputatni, hali bu deputatni IIB xodimlari karantin qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortgani haqida eshitib qolyapmiz, videoga olinib namoyish qilinayotganini koʻryapmiz.

17:26 18 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Nigeriyada prezident adminstratsiyasi rahbari COVID-19dan vafot etdi. Boshqa yangiliklar.

— Nigerida prezident adminstratsiyasi rahbari Abba Kiyari koronavirusdan vafot etdi.

17:17 18 Aprel 2020
Restoran va kafelar qachon ishga tushadi?

Kuni kecha maxsus komissiya yirik obyektlarda qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda davom ettirishga ruxsat berdi.

17:09 18 Aprel 2020
Rasul Kusherbayev: “...joylarda karantinga rioya etmaganlik sababidan avtomobillarni jarima maydonlariga tiqib qoʻyish noqonuniydir”

Gap shundaki Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini ushlab turish asoslari keltirib oʻtilgan boʻlib, unda ushbu kodeksning 54-moddasi talablari, yaʼni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun transport vositalarini vaqtincha ushlab turish keltirilmagan. Bundan kelib chiqadiki, joylarda karantinga rioya etmaganlik...

17:04 18 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 185 nafarga yetdi

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari butkul sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vaziri masʼullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

16:59 18 Aprel 2020
Xitoyda dunyodagi eng katta stadion qurilmoqda

Xitoyda dunyodagi eng katta stadionning qurilish ishlari boshlandi.

16:54 18 Aprel 2020
Prezident Xalq qabulxonalari posbonlarimizga koronovirusga qarshi qoʻshimcha kombinezonlar yetkazib bermoqda

Butun dunyoda tarqalgan koronavirus pandemiyasi yurtimizni ham chetlab oʻtmadi. Mamlakatimizda kasallik tarqalishining oldini olish, pandemiyani talafotlarsiz oʻtkazish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

16:49 18 Aprel 2020
Un narxi va yetkazib berilishida barqarorlik taʼminlanadi

Asosiy isteʼmol mahsuloti hisoblangan un bugungi kunga qadar birja savdolari orqali barcha isteʼmolchilarga sotilayotgan va sotib olingan unning asosiy qismi respublikamizning chekka hududlariga yetib bormasdan shahar hamda tuman markazlarida qolib ketayotgan edi.

16:44 18 Aprel 2020
Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlandi

Brifingda maʼlum qilinishicha, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.

16:30 18 Aprel 2020
Rossiyada migrantlardan vaqtincha patent talab qilinmaydi

Rossiya Federatsiyasida koronavirus pandemiyasi sabab xorijdan kelib mamlakatda mehnat qilayotgan muhojirlarga qator yengilliklar beriladigan boʻldi. RF Prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.

16:10 18 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 171 nafarga yetdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

15:45 18 Aprel 2020
Oʻzbekistonda yana 4 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Fargʻona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

14:57 18 Aprel 2020
Oʻzbekistonda karantin sentyabrgacha davom etishi rostmi?

Karantin qachon tugaydi? Hurmatli, Hukumat va Maxsus komissiya aʼzolari! Turli ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan telegram kanallarida ham “karantin 30-maygacha”, “sentyabrgacha” degan xabarlar tarqatilmoqda. Bu xabarlar aholi oʻrtasida turli xil gap-soʻz va vahimalarga sabab boʻlmoqda. Shu nuqtayi nazardan, karantin qachongacha davom...

14:46 18 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan butkul tuzalganlar 164 nafarga yetdi

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham bugun yana uch nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

14:28 18 Aprel 2020
Oʻzbekiston AQSHga viza masalasida rasmiy nota yubordi

Men ayni vaqtda AQSHdaman. Mening viza muddatim tugashiga oz qoldi. Bilamizki, AQSHda migratsiya masalasi jiddiy. Hozir men qanday yoʻl tutishim kerak? Viza muddati tugasa, mamlakatda boʻlish qonunini buzgan hisoblanib qolmaymanmi? Keyingi safar bu mamlakatga kirishim uchun viza olishimda oʻzining salbiy...

14:25 18 Aprel 2020
Buxoroda koronavirusdan tuzalganlar 44 nafarga yetdi

Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 5 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

14:10 18 Aprel 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер