Dunyoda koronavirus. Nigeriyada prezident adminstratsiyasi rahbari COVID-19dan vafot etdi. Boshqa yangiliklar.
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,24 mln. nafarga yetdi, 154,2 ming bemor vafot etgan.
Yevropada:
— Ispaniyada qurbonlar soni 20 ming nafardan oshdi, hammasi boʻlib 190 mingdan ziyod odam virusga chalingan.
Amerikada:
— Donald Tramp AQSHda koronavirus qurbonlari soni 60-65 ming nafarga yetishi mumkinligini maʼlum qildi.
— AQSHda hammasi boʻlib infeksiyaga chalinganlar soni 700 ming nafarga yetdi, 36,8 ming inson hayotdan koʻz yumdi, 58,5 ming nafar bemor tuzaldi.
— Kanadada bir kunda virusni yuqtirganlar soni rekord darajada, yaʼni 1792 nafarga koʻpayib, jami bemorlar 31,8 ming nafarga yetdi.
Osiyoda:
— Xitoyda sutka davomida koronavirusga chalingan biror bir bemor vafot etmadi. Hukumat virusni yuqtirish bilan bogʻliq 27 ta yangi holatni aniqladi, shifoxonalardagi bemorlar soni 1058 nafarga yetdi.
Boshqa davlatlarda:
— Nigerida prezident adminstratsiyasi rahbari Abba Kiyari koronavirusdan vafot etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring