Restoran va kafelar qachon ishga tushadi?

17:09 18 Aprel 2020 Jamiyat
2034 0

Kuni kecha maxsus komissiya yirik obyektlarda qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda davom ettirishga ruxsat berdi.

Bunday vaziyatda qolganlarning hammasi xuddi shu shartlarga amal qilgan holda ish tashkil qila olmaydimi, degan savol yuzaga keladi.

Misol uchun, restoran va kafelar ham sanitariya qoidalariga koʻra ishlashi mumkin-ku, ular ham soliq toʻlaydi.

Bu mulohazalarga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva javob berib, jumladan shunday dedi:

“Respublika maxsus komissiyasi va shtabning 14-apreldagi qoʻshma yigʻilishi qaroriga koʻra iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yoʻnalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarini faoliyatini davom ettirish, yirik qurilish obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Bunda ushbu tashkilotlarning faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilishi, oʻz faoliyatini faqatgina tegishli obyekt hududi doirasida tashkil etishi kabi vazifalar yuklandi.

Bunday ishlovchi xodimlar sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda xizmat transportlari bilan taʼminlanadi. Ularning nazorati uchun shaxsiy javobgarlik belgilangan.

Agar boshqalar ham oʻz faoliyatini davom ettirsa, aholining gavjumlashishi ortishi va kasallanganlar soni oshishiga olib kelishi mumkin.

Restoran, kafe kabi umumiy ovqatlanish korxonalariga kelsak, ularni sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilishiga hozirda hech kim kafolat bera olmaydi. Bu esa, kasallar sonini ortishiga sabab boʻlib, uning tashuvchilarni aniqlash, topishni qiyinlashtirishi mumkin”, deydi Oʻrinboyeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер