Un narxi va yetkazib berilishida barqarorlik taʼminlanadi

16:44 18 Aprel 2020 Jamiyat
4354 0

Asosiy isteʼmol mahsuloti hisoblangan un bugungi kunga qadar birja savdolari orqali barcha isteʼmolchilarga sotilayotgan va sotib olingan unning asosiy qismi respublikamizning chekka hududlariga yetib bormasdan shahar hamda tuman markazlarida qolib ketayotgan edi.

Hukumatimiz tomonidan 16-aprelda un mahsuloti barcha hudularga bir maromda yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida birja savdolarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar bilan sotilishi boʻyicha topshiriqlar belgilab berildi. Bu haqda “Oʻzdonmahsulot” AK matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarning 52 ta tegirmon sexlarida har kuni 6000 tonnadan ortiq un ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda mazkur korxonalar omborlarida 32 ming tonnadan ortiq un zaxiralari bor va ehtiyojdan kelib chiqib, ishlab chiqarish xajmlarini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Hukumat topshirigʻiga asosan, “Oʻzdonmahsulot” AK tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming soʻm qilib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер