Xitoyda dunyodagi eng katta stadion qurilmoqda

16:54 18 Aprel 2020 Jamiyat
1742 0

Xitoyda dunyodagi eng katta stadionning qurilish ishlari boshlandi.

Sky Sportsʻning xabar berishicha, 100 ming tomoshabinga moʻljallangan, loyihasining qiymati bir yarim milliard yevrodan ortiq boʻlgan stadionning qurilish jarayonini 2022-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

U dunyodagi faqatgina futbolga moʻljallangan eng katta stadionga aylanadi. Toʻgʻri, Osiyo va AQSHdagi bir nechta stadionlar ham koʻplab muxlislarini qabul qila oladi, ammo yugurish yoʻlakchalariga ega boʻlgan bu majmualardan boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi.

Qayd etilishicha, lotus guli shaklida qurilayotgan stadionda Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi uy uchrashuvlarini qabul qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер