All

El sogʻligʻi uchun kurashayotganlar mehnati har qancha eʼtirofga loyiq

Yurtimizda inson qadri aziz. Mehnat qilgan, fidoyilik koʻrsatganlar borki, hech qachon eʼtibordan chetga qolmaydi. Shu maʼnoda, Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Salomatlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun ham mana shu anʼananing yaqqol ifodasi boʻlib, bugunimiz qahramonlariga aylangan shifokorlar mehnatiga qaratilgan yuksak eʼtiborning...

14:13 29 May 2020
Ehtiyojmandlarga yelkadosh boʻla olganlar hamisha yuksak hurmatga loyiq

Bugungi kunda koronavirus pandemiyasiga qarshi har birimiz kurashishimiz, bir lahza ham eʼtiborsiz boʻlmasligimiz kerak. Bu odamlar, aholining sogʻligʻi, hayoti bilan bogʻliq oʻta muhim masala.

14:12 29 May 2020
Federatsiya asosiy mahsulotlar narx-navolarini oʻrganishda davom etyapti 

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda. 

14:12 29 May 2020
Madaniyat va sanʼatning ulkan yutugʻini belgilagan hujjat

Har bir millatning oʻz madaniyati va sanʼati uning xalq sifatidagi qadr-qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillaridan biridir. Insoniyat vujudga kelibdiki, oʻzining butun salohiyatini ishga solib, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, mushohadakorlik borasida tinimsiz izlanadi, bundan estetik zavq oladi va bu jarayonda ruhan yuksaladi....

14:11 29 May 2020
Qozogʻistonda qoʻshma loyihaga start berildi

Joriy yilning 28-may kuni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozogʻistonning “Orbis Kazakhstan” kompaniyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjalik texnikalarini Qozogʻistonda yigʻish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yoʻl xaritasini imzoladilar.

14:05 29 May 2020
Navoiyda karantin choralari kuchaytirilmoqda

Soʻnggi kunlarda ayrim hududlarda aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinganlar uchrayotgani aholidan yana-da hushyor boʻlib, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish lozimligini koʻrsatmoqda. Jumladan, yurtimizning bir qancha hududlari qatori, Navoiy viloyatida ham aholi orasida kasallikka chalinayotganlar uchrayotganligi tashvishli boʻlmoqda.

14:03 29 May 2020
Yangi tizim nimasi bilan afzal?

6 million 630 mingta. Bu raqam joriy yil boshidan ayni paytgacha 178 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar(EHF)umumiy soni. Aniqroq aytadigan boʻlsak, bugun respublikamizda 162 mingdan ziyod yuridik shaxs va 16 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraq-fakturalarning elektron...

13:58 29 May 2020
Amir Temur siymosini gavdalantirishda xato qilishga haqqimiz yoʻq

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Denov shahridagi Amir Temur haykali keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. 

13:54 29 May 2020
Senatorlar Surxondaryo viloyatida Davlat dasturi ijrosini oʻrganmoqda

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzolari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganmoqda.

13:26 29 May 2020
Hozirdan xotirjamlikka berilish yaramaydi...

Dunyo miqyosida koronavirus pandemiyasiga qarshi jiddiy kurash olib borilayotganiga qaramay, ayrim joylarda kasallik hamon tarqalishda davom etmoqda. Jumladan, yurtimizda ham COVID-19ni jilovlash boʻyicha barcha chora-tadbirlar koʻrilayotgan boʻlsa-da, soʻnggi kunlarda infeksiyani yuqtirish holatlari sezilarli darajada oshgani, albatta, hammamizni tashvishga soladi.

13:25 29 May 2020
Ezgu amallar inson hayotini bezaydi

Saxiylik zamirida yaxshilik va ezgulik tushunchalari mujassam. Binobarin, saxiy odam ana shu sifatlari bilan obroʻ-eʼtibor qozonadi, rahmat eshitadi. Ayniqsa, koʻmakka muhtoj kishilarga yordam qoʻlini uzatish inson hayotini bezaydi.

13:24 29 May 2020
Qaror va ijro: Bunyodkorlik davom etadi

​​​​​​​Taqdirning kutilmagan sinovlari xalqimiz irodasini bukmadi, balki mehr-oqibatini, ishonchini yana-da mustahkamladi. Pandemiya sharoitida jonajon yurtimizda sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi kabi tarmoqlarda ishlar bir zum boʻlsada toʻxtagani yoʻq. Aksincha yangi marralar olinib, mavjud resurslardan oqilona foydalanishga ragʻbat uygʻonmoqda.

13:23 29 May 2020
Sogʻlom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida oʻtkazilishi qanchalik toʻgʻri? 

Javob: 5000 qadam loyihasi ommaviy boʻlmasligi kerak. Yaʼni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda oʻzi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sogʻligʻi uchun foydadan xoli boʻlmaydi.

13:15 29 May 2020
«Oʻzbekneftgaz»: Atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori belgilangan meʼyorga nisbatan 6639,7 tonnaga kamaytirildi

Tizimdagi har bir boshqarma va korxonada atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha 2020-yil uchun hududiy ekologiya qoʻmitalari bilan kelishilgan holda 277 ta chora-tadbir ishlab chiqildi. Shu paytga qadar ushbu chora tadbirlarning bajarilishiga 548,3 mln. soʻm sarflandi.

13:10 29 May 2020
Har yili noyabrda “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkaziladi

Qaror bilan har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilindi.

12:39 29 May 2020
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin Oʻzbekiston va Rossiya hamkorligiga oid bir qator masalalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi. RF hukumati matbuot xizmati xabariga koʻra, suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek,...

12:22 29 May 2020
Obodlik va qut-baraka manbai

Yaqinda tumanning qariyb besh ming aholisi istiqomat qiladigan “Ostona” mahalla fuqarolar yigʻinida ham ana shunday xayrli ishga qoʻl urildi. Gap shundaki, bir necha yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan toza ichimlik suvi muammosi mahalladagi mavjud artezian kraniga zamonaviy suv nasosi oʻrnatilishi...

12:15 29 May 2020
Har bir murojaat qatʼiy nazoratda

Pandemiya karantini davrida tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish iqtisodiyotimiz barqarorligining garovi. Shu bois mazkur masala Respublikamiz hukumatining doimiy nazoratida.

11:59 29 May 2020
Sovringa “SPARK”. U Namangan jurnalistlarining qaysi biriga nasib etadi?

“Spark” yuting! – Namangan viloyati hokimligi va Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi “Dunyoga boʻylayotgan Namangan”mavzuidagi jurnalistik tanlovni eʼlon qildi.

11:55 29 May 2020
Qiynoqning oldini olish qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin

Prezidentimizning «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

11:52 29 May 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер