Obodlik va qut-baraka manbai
Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligi hamda senator A.Sanginov tashabbusi va koʻmagi bilan tuman hududida qator artezian quduqlari taʼmirlanib, foydalanishga topshirilmoqda.
Yaqinda tumanning qariyb besh ming aholisi istiqomat qiladigan “Ostona” mahalla fuqarolar yigʻinida ham ana shunday xayrli ishga qoʻl urildi. Gap shundaki, bir necha yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan toza ichimlik suvi muammosi mahalladagi mavjud artezian kraniga zamonaviy suv nasosi oʻrnatilishi bilan bartaraf etildi. Endilikda yer qaʼridan otilib chiqayotgan obi hayot nafaqat yurtdoshlarimiz chanqogʻini qondirmoqda, balki mahallani har tomonlama obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, tomorqa-yer xoʻjaligidan moʻl hosil olish ishlarida unumli foydalanilmoqda. Eng muhimi, mahalla ahli xursand, suv keltirganlarni duolar qilishmoqda.
Darvoqe, hozirda ushbu artezian qudugʻi yonidan aholi ehtiyojidan kelib chiqib suv minorasini tiklash ham rejalashtirilyapti. Bu esa yaqin vaqt ichida har bir xonadonga zilol suv zamonaviy quvurlar orqali kirib borishidan dalolat beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring