All

Rossiyada ishlash uchun fuqarolarimizning navbatdagi guruhi joʻnab ketdi

Bugungi kunda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migrantlarining ular boʻlib turgan xorijiy mamlakatlardagi pandemiyadan nisbatan kamroq zarar koʻrgan boshqa soha va hududlariga ish topishiga koʻmaklashish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish borasida...

11:22 30 Avgust 2020
Qozogʻistonda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Qozogʻistonda koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinani klinik sinovlar uchun tasdiqlanganlar roʻyxatiga kiritdi.

11:09 30 Avgust 2020
“Xalq soʻzi” gazetasining 30-avgust sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?

1. Soʻnggi yillarda poytaxtimizda olamshumul oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Ana shunday qurilish ishlari Toshkent metropolitenida ham amalga oshirilmoqda: metro yoʻli uzaytirilib, yangi bekatlar qurilmoqda. Metropolitenning yana qancha qismi qurib bitkazilgani hamda poytaxtimizda yana qanday qurilish loyihalari amalga oshirilgani bilan...

10:59 30 Avgust 2020
Zimmamizda yangi avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifa turibdi — rektor

Ayni paytda filialimizda nafaqat Oʻzbekiston, balki Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi fuqaro – yoshlari ham 3 ta — “Konchilik ishi”, “Metallurgiya” hamda “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yoʻnalishlarida tahsil olishmoqda. Joriy yilning 20-22-avgust kunlari biz respublikada birinchi boʻlib navbatdagi qabul imtihonlarini...

10:52 30 Avgust 2020
Maktablarga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi safarbar qilindi — SSV

Pandemiya sharoitida yangi oʻquv yilini boshlash jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. Mamlakatimizdagi mavjud 9942 ta maktabda faoliyat koʻrsatadigan 480 ming nafardan oshiq oʻqituvchi va u yerda tahsil olayotgan 6,2 million nafardan ziyod oʻquvchining xavfsizligini taʼminlash Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga ham qator...

10:18 30 Avgust 2020
Kecha koronavirus aniqlangan holatlar haqida maʼlumot berildi. 400 ortiq bemorning ahvoli ogʻir

29-avgust kuni mamlakatimizda 337 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, barchasi tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

00:46 30 Avgust 2020
Kinoga avvalo tomoshabin baho beradi — Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev

"Kino tomoshabin uchun yaratilishi kerak, — dedi B.Musayev. — Unga avvalo tomoshabinlar baho beradi. Kinoteatr, televideniye yoki striming platformali orqali boʻladimi, farqi yoʻq, u auditoriyaning mehrini qozonishi zarur. Uning asosiy maqsadi shunga qurilishi lozim.

00:24 30 Avgust 2020
Virus yoʻq boʻlib ketmaguncha shunday sharoitda yashashga, ishlashga majburmiz — A.Qodirov

— Karantinda aholini davlatning oʻzi qatʼiy nazoratga olgan boʻlsa, endi odamlarning oʻzlariga shaxsiy masʼuliyat yuklanyapti, — dedi u. — Oʻzimiz, yaqinlarimiz sogʻligini oʻylasak, uyda, koʻcha-koʻyda va ishda belgilangan masofani saqlab, niqob taqish, ozodalikka qatʼiy rioya qilishni yana-da kuchaytirishimiz lozim. Endi...

22:29 29 Avgust 2020
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”

Bugun mamlakatimizda xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlar taʼlim-tarbiyasini mustahkamlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ayollarimizning ogʻirini yengil qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolar tinchligi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga katta eʼtibor...

22:22 29 Avgust 2020
Xelsinki+45: Majburiyatlar dolzarbligi Oʻzbekiston misolida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Tanzila Narbaeva koronavirus pandemiyasi davrida aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, pandemiya oqibatlarini yumshatish boʻyicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidladi.

22:10 29 Avgust 2020
Maktablarni epidemik oʻchoqqa aylantirib qoʻyishga haqqimiz yoʻq — vazir

Unda shu yilning 28-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi, maktablarning yangi oʻquv yiliga tibbiy, sanitariya-epidemiologik tayyorgarligini nazorat qilish, mazkur jarayonda tibbiyot xodimlarining ishtiroki, ularga yuklatilgan vazifalar...

22:00 29 Avgust 2020
Davlat mukofotlari muborak boʻlsin!

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, barcha sohalarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, xalqimiz farovonligini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish va eksport salohiyatini oshirish, hududlar...

20:26 29 Avgust 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining mamlakatimiz yoshlariga MUROJAATI

Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining chinakam amaliy ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

20:22 29 Avgust 2020
Bitiruvchilardan yo oʻqishga kirish, yo ishga joylashish talab etilyaptimi? — Rasmiy munosabat bildirildi

"Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda “Bizda ham bitiruvchilardan yo oʻqishga kirish, yo ishga joylashish talab etilyapti” mazmunda xabar tarqatildi. Xabar beruvchi “Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridan murojaat qilyapman. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda namanganlik ota-onalardan oʻqishga kirolmagan farzandini ishga joylash haqida tilxat olinayotgani haqida...

19:46 29 Avgust 2020
Erkak kishi sochini 80 yil oldirmay, 5 metrgacha oʻstirdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin davrida dunyoda koʻpchilik erkaklarning sochi oʻsib ketgani aniq. Lekin ularning birortasi vyetnamlik Nguyen Van Chinga yeta olishmaydi. Sababi bu odam mana 80 yildirki sochini kaltalatmaydi, deb yozadi Reyters.

19:37 29 Avgust 2020
Bosh prokuraturaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tashkil etilish ahvolini oʻrganish vazifasi yuklatildi

Joriy yilning 29-avgust kuni Bosh prokuror rahbarligida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda hududiy prokurorlar ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

18:40 29 Avgust 2020
Nurobod tumanida 25 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi

Nurobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyatdagi oʻrnini oshirish hamda mavjud muammolarini hal etish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

18:34 29 Avgust 2020
Qozogʻistondagi bir qator OTMlar litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi

Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi bir necha universitetlarning oʻquv faoliyati uchun litsenziyasini toʻxtatilgani haqida xabar berdi.

18:29 29 Avgust 2020
Oʻzbekistondan ikkita loyiha xalqaro tadbirkorlik chempionatiga yoʻllanma oldi

Joriy yilning 27-avgust kuni Entrepreneurship World Cup xalqaro tanlovining milliy saralash bosqichi onlayn shaklda boʻlib oʻtdi. Gʻolib boʻlgan loyiha tanlovning jahon finalida taqdimot oʻtkazish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Innovatsion rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

18:29 29 Avgust 2020
Samarqandda 2023-yilgacha 57 ming gektardan ortiq maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi

Samarqand viloyatida 2020-2021-yillarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va ushbu texnologiyalar natijalarini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi, deb xabar bermoqda “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati.

17:49 29 Avgust 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер