“Xalq soʻzi” gazetasining 30-avgust sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?
Quyida keltirilgan qisqa anonsda bu savolga javob olishingiz mumkin.
1. Soʻnggi yillarda poytaxtimizda olamshumul oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari olib borilyapti. Ana shunday qurilish ishlari Toshkent metropolitenida ham amalga oshirilmoqda: metro yoʻli uzaytirilib, yangi bekatlar qurilmoqda. Metropolitenning yana qancha qismi qurib bitkazilgani hamda poytaxtimizda yana qanday qurilish loyihalari amalga oshirilgani bilan qiziqayotgan boʻlsangiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-avgust kuni davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari hamrohligida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgani haqidagi OʻzA muxbirlari Ziyodulla Jonibekov, Ulugʻbek Asrorovning “Barcha saʼy-harakatlarimiz obodlik, bunyodkorlik va xalqimiz hayotini yaxshilashga xizmat qiladi” maqolasini oʻqishni tavsiya qilamiz.
3. Baliq va undan tayyorlanadigan mahsulotlar inson organizmi uchun nihoyatda foydali. Mamlakatimizdagi mavjud baliqchilik xoʻjaliklari aholini «luqmai halol»ga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlay olyaptimi? Bizningcha yoʻq. Ana shu jihatlar hisobga olinib, Prezidentimizning “Baliqchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorni oʻqib, istiqbolda mazkur tarmoqda qanday ishlar bajarilishi koʻzda tutilgani bilan tanishasiz.
3. Toshkentning Yunusobod tumanida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui tarixiy adolatni tiklash, shu jumladan, Vatan ozodligi yoʻlida shahid ketgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish maqsadida bunyod etilgan. 2017-yil 31-avgust — “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev muzeyga tashrifi chogʻida “ushbu muzey — muzeylarning muzeyi” deb, yuksak baho bergandi, ayni paytda muzeyning viloyatlarda ham boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritib, bu muzeylar halqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun muqaddas ziyoratgoh, maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻi boʻlib qolishi kerakligini taʼkidlagandi. Xoʻsh, shundan soʻng bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi, tarix fanlari doktori Baxtiyor Hasanovning “Mangulikka muhrlangan qadriyat” sarlavhali maqolasida ana shu haqda soʻz yuritiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring