All
AQSHning Alabama shtatida besabr haydovchi avtomobili oldida yoʻlni azbaroyi sekin kesib oʻtayotgan piyodani otib tashladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
10:42 31 Avgust 2020—Xayrli kun azizlar. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami arafasida sizlarga tabrik yoʻllayotganimdan juda baxtiyorman. Men oʻzimni Oʻzbekistonning oila aʼzosi deb bilaman va bundan juda mamnunman. Shu fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston xalqi va Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga hamda samimiy tabriklarimni yoʻllab...
10:25 31 Avgust 2020Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Sooronbay Jeenbekovga tabrik yoʻlladi.
09:39 31 Avgust 2020Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Podshohi Abdulloh Riayatuddin Al-Mustafo Billoh va Bosh vaziri Muhyiddin Yassinni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
09:38 31 Avgust 2020Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatxulla Maʼsudov vafot etdi.
22:29 30 Avgust 2020Internet va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatxulla Maʼsudov vafoti bilan bogʻliq yolgʻon xabarlar tarqaldi.
21:44 30 Avgust 2020Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan 2 ta koʻp qavatli turar-joy binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
20:12 30 Avgust 2020Bugun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yana bir bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
19:43 30 Avgust 2020“Toshkent metropoliteni” UK ham bayram kunlari yoʻlovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
17:38 30 Avgust 2020Yaqinda xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining oʻn beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navroʻz Rizayev, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani tuman hokimi, kengash raisi Shuhrat Negmatov olib bordi.
16:57 30 Avgust 2020— Tabiatning betakror va soʻlim maskani boʻlgan Kitob tumani markazida kanalizatsiya tizimining ishlamay turishini tasavvurga sigʻdirib boʻlmaydi, — dedi A.Xaitov. — Chunki Kitob xorijiy sayyohlar diqqatini tortayotgan maskanlardan hisoblanadi. Muammoning 10 yildan buyon hal etilmasdan kelayotganiga mahalliy rahbarlarning oʻz vazifasiga...
16:53 30 Avgust 2020— II guruh nogironiman. Bugungi kunda 3 ta tikuv mashinkam bor, — deydi tumandagi “Qirqshodi” mahallasida yashovchi Yayra Shomurodova. — Biroq kelgusida imtiyozli bank krediti olib, oʻz faoliyatimni yana-da kengaytirish niyatidaman. Buning uchun bizga davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan...
16:48 30 Avgust 2020Istiqlolning 29 yilligi arafasida Samarqand viloyat maktabgacha taʼlim tizimida ham munosib tuhfalar boʻldi. Ayyom arafasida Kattaqoʻrgʻon tumanida 7 ta jami 550 oʻrinli, Samarqand shahrida 2 ta 205 oʻrinli, Ishtixon tumanida 3 ta 250 oʻrinli, Samarqand tumanida 3 ta 320 oʻrinli,...
16:45 30 Avgust 2020Ijtimoiy himoyaga muhtoj ushbu xonadon vakillari koʻpdan buyon tadbirkorlik qilish istagida edi. Xususan, bankdan imtiyozli kredit olib, quyonchilik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilgandilar. Bulungʻur tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi ushbu oilaning tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va oilaga qoʻshimcha daromad...
16:34 30 Avgust 2020Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mustaqillik kuni arafasida 113 nafar mahkumni afv etdi, ularning 105 nafari diniy ekstremizmda ayblanib sudlanganlardir. Ushbu voqea xalqaro siyosiy va ekspert doiralarida Oʻzbekistonda inson huquqlari, soʻz va din erkinligini taʼminlash sohasida izchil taraqqiyotning isboti sifatida keng muhokamalarga...
16:29 30 Avgust 2020Zarur texnologik vositalar bilan jihozlangan markazda yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini oʻrgatish, axborot texnologiyalari sohasida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini oʻrgatish uchun barcha sharoit yaratilgan.
12:15 30 Avgust 2020— Shahrisabz tumanida 10 ming nafar ishsiz fuqaroning 6 ming nafarga yaqinini yoshlar tashkil etishi mahalliy rahbarlarni va deputatlarni tashvishga solish kerak, — dedi A.Xaitov. — Shunday zilol suvi, oltinga teng yeri boʻlgan Shahrisabzda yoshlar ishsiz yursa, bu mantiqqa toʻgʻri...
11:55 30 Avgust 2020Birinchi sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolariga Qirgʻizistonga kirishga ruxsat beriladi. Bu haqda Sputnik manbasi Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
11:47 30 Avgust 2020Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida Soʻx tumanida sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlumot berdi.
11:36 30 Avgust 2020Birinchi sinf, “Mehribonlik” uyi, maxsus maktab, maktab-internatlari va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar oʻquvchilari maktabning kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi.
11:26 30 Avgust 2020