Toshkentda aholi 3 kun metrodan bepul foydalanishi mumkin - Transport vazirligi

17:38 30 Avgust 2020 Jamiyat
1553 0

“Toshkent metropoliteni” UK ham bayram kunlari yoʻlovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bayram kunlari, yaʼni 31-avgust hamda 1,2-sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti boʻlgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin.

"Aziz vatandosh!
Bu ulugʻ kunlar nashidasi hamisha yurtimiz va har bir xonadonda xukmron boʻlsin. Vatan istiqlol va u bergan imkoniyatlar hech ham bizni tark etmasin. Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin", deyiladi xabarda.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер