Qirgʻiziston Oʻzbekiston fuqarolari uchun oʻz chegarasini ochmoqda

11:47 30 Avgust 2020 Jamiyat
959 0

Birinchi sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolariga Qirgʻizistonga kirishga ruxsat beriladi. Bu haqda Sputnik manbasi Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston birinchi sentyabrdan epidemiologik vaziyat barqarorlashgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritiladi.

“Oʻzbekiston 1-sentyabrdan koronavirus infeksiyasi kamayishi va epidemiologik vaziyat barqarorlashgani kuzatilayotgan xorijiy davlatlar roʻyxatiga 32-mamlakat sifatida kiritiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston 31 mamlakat fuqarolari uchun oʻz chegarasini ochgani ma'lum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер