Quyonlar bayram oldi sovgʻasi boʻldi

16:34 30 Avgust 2020 Jamiyat
1128 0

Joriy yilgi mustaqillik bayramini barcha uyda kutib olsa-da, har bir xonadonda bayramona ruh hukmron. Har kimning hayotida bayramga arzigulik ijobiy oʻzgarishlar bor. Xususan, Bulungʻur tumanining “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muqaddas Yoʻldoshevaning xonadonida ham.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ushbu xonadon vakillari koʻpdan buyon tadbirkorlik qilish istagida edi. Xususan, bankdan imtiyozli kredit olib, quyonchilik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilgandilar. Bulungʻur tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi ushbu oilaning tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va oilaga qoʻshimcha daromad manbai yaratish maqsadida kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan «Vyelikan» zotli 12 dona quyonni, barcha sharoitlari mavjud, zamonaviy quyon uyasi bilan birgalikda yetkazib berishdi.

— Quyonlar biz oʻylaganimizdan ham katta boʻlar ekan. Xudo xohlasa kelgusida ushbu quyonlarni yana-da koʻpaytirib, oilaviy sharoitimizni yaxshilaymiz, — deydi xonadon sohibasi Muqaddas Yoʻldosheva. — Bizga koʻrsatilgan beminnat yordamdan juda xursandmiz. Katta rahmat.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер