Men oʻzimni Oʻzbekiston oilasining aʼzosi deb bilaman — Granello Roberto
Yurtimizda eng ulugʻ, eng aziz ayyom — Vatanimiz mustaqilligi kuni bayrami arafasida Birlashgan Arab Amirligida faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston doʻstlari tomonidan tabriklar yoʻllanmoqda. Ana shunday dil qutlovlaridan navbatdagisi “Kelmer Group” kompaniyasi rahbari Granello Roberto nomida keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tabrikda, jumladan, shunday deyiladi:
—Xayrli kun azizlar. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami arafasida sizlarga tabrik yoʻllayotganimdan juda baxtiyorman. Men oʻzimni Oʻzbekistonning oila aʼzosi deb bilaman va bundan juda mamnunman. Shu fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston xalqi va Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga hamda samimiy tabriklarimni yoʻllab qolaman.
“Kelmer Group” kompaniyasi Oʻzbekistonda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan rivojlanishlarda oz boʻlsa-da oʻz hissasini qoʻshishga harakat qilyapti. Xabaringiz bor, yaqinda “Kelmer Group” oʻzining 19 filialini Andijon viloyatida ochdi. Biz xalqaro investitsiyalarni koʻproq zamonaviy, xalqaro standartlarga mos turar joylar qurilishiga yoʻnaltirmoqchimiz.
Shu bilan birga Oʻzbekistonning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishiga oʻz tajribalarimizni qoʻllab, yangi xalqaro investitsiyalarni ham jalb qilish niyatidamiz.
Biz Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotganimizdan mamnunmiz. Hamkorligimiz bundan ham keng quloch yoyishiga ishonchim komil.
Oʻzbekistonga tinchlik, xalqingizga farovonlik tilayman.
Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring